Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
KAMILA VA DIMNA

Vazirning hikoyati
Nil bo‘yidagi viloyatlarning biriga bir shoh 
hukm ron edi. U yerda serbuloq va qalin mevali 
daraxtlar bilan qoplangan boy, g‘oyat baland bir 
tog‘ bor edi. Bu tog‘da yirtqich, vahshiy hayvon-
lar yashar edi. Shu tog‘ning bir yoriq joyi bo‘lib, 
yetti iqlimdan esgan shamolning hammasi shu 
yerdan o‘tar edi. Bu yoriqning yaqinida dunyo-
da misli ko‘rilmagan daraja go‘zal bir uy bor edi. 
Shohning o‘zi ota-bobo si yashagan shu uyda tu-
rar edi. Ularning ba’zilari dahshatli shamol va 
bo‘ronlar natijasida halok bo‘lib ketar edilar, le-
kin muhtasham binoni, mevalarni va ona yurtni 
tashlab boshqa yerlarga ko‘chib ketishni istamas 
edilar. Shohning bir maslahatchi vaziri bor edi. 
Bir kuni shoh unga dedi:
– Bizning ajdodlarimiz sa’y-harakati bilan 
baxt 
li kunlarga yetishganligimizni sen yaxshi 
bila san. Agar shamol bo‘lmasa, bu yer xuddi jan-
natning o‘zi. Dahshatli shamollar esadigan bu 
yoriqni berkitish uchun bir chora topish zarur. 


355
Shunday qilsak, hozirgi va kelajak avlodlarim-
izni falokatlardan qutqargan, bu dunyoda ham 
bir jannat paydo qilgan bo‘lur edik.
Vazir dedi: 
– Men shohning amriga muntazir bo‘lgan quli-
man.
Shoh dedi:
– Bu mening so‘zlarimga javob bo‘lmadi.
Vazir dedi:
– Mening boshqa javobim yo‘qdir. Chunki 
shoh har jihatdan bizdan ko‘ra bilimli va aqllidir. 
Shoh yer yuzining hukmdoridir, lekin u aytgan 
ishini qi 
lishi odamning qo‘lidan kelmaydi, uni 
amalga oshirish uchun ilohiy kuch-quvvat ker-
ak. Kichiklar ulug‘larga qarshi turolmaydilar.
Shoh dedi: 
– Odamlarning bir-birlari bilan musobaqalashib 
qo‘lga kiritishga uringan noz-ne’matlari samodan 
beriladi, lekin shunday bo‘lsa-da, ularning qanday 
kun kechirishlari, o‘zlarining harakatlariga bog‘liq. 
Bu narsa qudrati ilohiy emas, odamning o‘ziga 
bog‘liq. Qani, bu haqda nima deysan?
Vazir dedi: 
– Mening o‘ylashimcha, shoh qilmoqchi 
bo‘lgan ishga diqqat bilan qarashi kerak, so‘zning 
esa ahamiyati ozdir. Bu ishdan keladigan foy-
da va zararga kelganimizda, ularni oldindan 
bilib bo‘lmaydi, bunga insonning aqli yetmaydi. 
Shuning uchun ham, shoh ehtiyot bo‘lishi ker-
ak, tag‘in o‘ziga shoh axtarib ketgan eshakning 
vaziyatiga tushib qolmasin.
Shoh so‘radi:
– Eshak qanday ahvolga tushibdi?


356

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin