SHER VA HO‘KIZ BOBI
Hind rojasi
1
brahmanga dedi:
– Menga bir hikoya aytib berginki, unda xoin
odamning yolg‘onchiligi, bo‘htonlari natijasida
ikki do‘st orasidagi sadoqat adovatga aylanib,
bir-birlaridan ajralib ketishgan bo‘lsin.
Brahman dedi:
– Agar ikki do‘st orasiga bir xoin kirib qolsa,
albatta, nizo tushadi, ular xuddi sher va ho‘kiz
kabi bir-birlariga dushman bo‘lib qolishadi.
Shoh so‘radi:
– Ular qanday qilib dushman bo‘lib qolibdilar?
Brahman hikoyati
Naql qilibdurlarki, bir badavlat savdogar bor
ekan, uning bolalari katta bo‘lganlarida hech qa-
nday ish bilan mashg‘ul bo‘lishni istamabdilar.
Otalarining molini sovura boshlabdilar.
Ota ularni yig‘ib debdi:
– O‘g‘illarim! Odam bu dunyoda uch narsa-
ga intiladi, bu uch narsa esa to‘rt vosita bilan
qo‘lga kiritiladi. Bu uch narsaning biri – yaxshi
turmush kechirmoq, ikkinchisi odamlar orasida
yuksak mavqega ega bo‘lmoq, uchinchisi – oxirat
savobini topmoq uchun savobli ishlar qilmoqdir.
Bu uch narsaga erishmoq uchun vosita bo‘lgan
to‘rt narsa quyidagilardir: halol mehnat bilan
davlat to‘plamoq; qo‘lga kiritilgan davlatni saqlay
bilmoq; isrofga yo‘l qo‘ymasdan davlatini o‘zi,
1
Roja — hindlarda hukmdor, shoh demakdir (tarj.)
66
oilasi va aka-ukalari uchun xarjlamoq... Nihoyat,
mumkin qadar o‘zini ziyonli ishlardan tiymoq. Bu
to‘rt shartdan bittasini ham bajarmagan odam o‘z
orzusiga yetolmaydi. Chunki odamning davlati
bo‘lmasa, u o‘zi yeb, boshqalarni to‘ydira olmaydi;
agar davlati bo‘lsa-yu, lekin uni rasamadi bilan
xarjlamasa, sal o‘tmasdan bu davlat yo‘q bo‘lib
ketadi.
Shuning uchun debdurlarki, mol-davlatni
qo‘lga kiritishdan ko‘ra uni xarjlash qiyindir...
Agar odam pul topib turmasa, bor davlatini
naqadar oz xarjlasa ham, bu davlati tezda tamom
bo‘ladi – surma oz-oz ishlatilishiga qaramay, bari-
bir tugaydi...
Shuning uchun debdurlar: «Toma-toma ko‘l
bo‘lur, hech tommasa cho‘l bo‘lur». Odam davlat
yig‘ib, uni xayrli va foydali ishlarga xarjlamasa,
unday odamni badavlat emas, yo‘qsil deb hi-
soblash kerak. Bunday odamning davlati keraksiz
yerlarga o‘rinli-o‘rinsiz sarf bo‘lib ketadi. Bu suv
keladigan yo‘li bor-u, chiqadigan yo‘li bo‘lmagan
bir hovuzga o‘xshaydi – suvning ortig‘i foydali
yerlarga sarf bo‘lmasdan toshib, atrofni bosib
ketadi.
Nihoyat, otaning nasihati o‘g‘illariga ta’sir
qildi, ularning har qaysisi bir kasb-hunar bilan
mashg‘ul bo‘la boshladi. Katta o‘g‘il savdogarchilik
qilish uchun uzoq bir mamlakatga safarga chiqdi.
Yo‘lda bir katta botqoqlikka duch keldi. Uning
yuk tashuvchi ikki ho‘kizi bor bo‘lib, birining oti
Shatraba, ikkinchisining oti Bandaba edi. Shat-
raba o‘sha yerda botqoqqa botib qoldi, savdogar
va uning xizmatkorlari ko‘p qiyinchiliklar bilan
67
Shatrabani balchiqdan chiqarib oldilar, lekin u
juda holsizlanib yurishga majoli qolmagan edi.
Savdogar o‘z xizmat korlaridan birini Shatraba
yonida qoldirib, bir necha kun uni parvarish
qilishni, kuch-quvvatga kirgach uni yetaklab ke-
lishni buyurdi.
Bir-ikki kun o‘tgandan keyin ho‘kizning yoni-
da qolgan xizmatkor zerikdi, ho‘kizni qoldirib,
savdogarning yoniga bordi va unga Shatraba
o‘lganini aytdi. Ho‘kiz bo‘lsa o‘sha joydan ketib,
suvi serob, o‘ti mo‘l bir go‘zal joyga yetib bordi va
o‘sha yerda yashay boshladi.
Ko‘p vaqt o‘tmay semirib ketdi. U xursand
bo‘lganidan o‘ynoqilab ma’rab yurar edi. Shu
yerning yaqinida o‘rmon podshohi sher va uning
xizmatida jonivorlar: ayiq, qashqir, shag‘ol va
shunga o‘xshash hayvonlar yashardi. Sher men-
dan ulug‘i va mendan zo‘ri yo‘q, deb o‘ylar, hech
kimni nazar-pisand qilmas edi. Lekin u hech vaqt
ho‘kizni ko‘rmagan, uning ma’rashini eshitmagan
edi. Shuning uchun u Shatrabaning bo‘kirganini
eshitib qo‘rquvga tushdi va buni xizmatimdagi
hayvonlar sezishmasin deb, o‘z joyidan jilmay
o‘tiraverdi, ovga ham chiqmay qo‘ydi.
Uning yonida bo‘lgan hayvonlar orasida ikkita
shag‘ol bor edi. Ulardan birining oti Kalila, ikkin-
chisining oti Dimna edi. Ikkovlari ham sezgir va
makkor edilar. Lekin Dimna ziyrakroq va yovuz-
roq edi.
Dimna Kalilaga dedi:
– Birodar, sen sher haqida qanday fikrdasan?
U bir necha kun bo‘ldiki, joyidan jilmaydi, ovga
ham chiqmay qo‘ydi.
68
Kalila dedi:
– Senga daxli bo‘lmagan narsalarni nega
surishti rasan? Bizning ahvolimiz oydin: biz
shoh xizmatidamiz va uning davlati soyasida ya-
shaymiz. Biz shohlar majlisida suhbat qilishlik
huquqiga ega bo‘lgan va shohlar ishiga aralasha-
diganlardan emasmiz. Ovozingni chiqarma, bilib
qo‘yki, aloqasi bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullan-
ganning boshiga maymunning qismati tushadi.
Dimna dedi:
– Maymunga nima bo‘lgan edi?
Dostları ilə paylaş: |