Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Dimnaning qarg‘a haqidagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning qarg‘a haqidagi hikoyati
Bir qarg‘a tog‘dagi daraxtda o‘ziga in qurgan 
ekan. Uning yaqinida bir ilon uyasi bor ekan. 
Qarg‘a bola ochishi bilan ilon uning bolalarini yeb 
qo‘yaverar ekan. Bir kuni qarg‘a nasihat qilmoqchi 
bo‘lib, ilonning yoniga keldi va dedi: 
– Yodingda saqla, shunday masal bor: «Zulm 
qilichini ishlatgan xuddi shu qilichdan o‘zi halok 
bo‘ladi!»
Biroq qarg‘aning bu nasihati ilonga, albatta, 
ta’sir qilmadi. Shundan keyin qarg‘a o‘z do‘sti 
shag‘olning yoniga keldi va dedi: 
– Bu zolimning zulmidan bir iloj qilib qutulmoqchi-
man.
Shag‘ol so‘radi: 
– Qanday qilib qutulmoqchisan? 
Qarg‘a dedi: 


88
– Ilon uxlagan vaqtda tumshug‘im bilan uning 
ko‘zlarini o‘yib olaman, zora shundan keyin jon-
dan aziz bolalarim uning balosidan xalos bo‘lsalar.
Shag‘ol dedi: 
– Bu to‘g‘ri tadbir emas, dushmanga qarshi 
shun day bir tadbir ko‘rki, o‘zingga zarar yetma-
sin. Sen bu fikringdan voz kech. Qisqichbaqani 
o‘ldirmoqchi bo‘lgan baliqchiqush kabi o‘z aziz 
joningni halok qilib qo‘yma.
Qarg‘a so‘radi: 
– U o‘zini qanday halok etibdi?
Qarg‘aning hikoyati
Bir baliqchiqush ko‘l qirg‘og‘ida o‘ziga uya qilgan 
ekan. Istaganicha baliq tutib yer va rohat-farog‘at-
da yasharkan. U qarib, quvvatdan qolgandan ke-
yin ovga yaramay qolibdi. «Afsus, umrim tez o‘tib 
ketdi va qarigan chog‘da tajribadan boshqa hech 
narsam qolmadi. Endi quvvatim ketganida, biror 
yo‘l topib, qolgan kunlarimni kechirishim kerak», 
– deb qayg‘uga botgan holda ko‘l yoqasiga kelib 
qo‘ndi. Shunda uzoqdan qisqichbaqa uni ko‘rib 
yoniga keldi va so‘radi: 
– Nima bo‘ldi, nega g‘amgin ko‘rinasan?
Qush javob berdi: 
– Nega g‘amgin bo‘lmayin, o‘zing bilasan, mening 
tirikchiligim har kun bir-ikki baliq bilan o‘tardi. Men 
shunga qanoat qilib, undan ortig‘ini talab qilmas 
edim. Bugun ikki ovchi bu yerdan o‘ta turib, birisi 
dedi: «Bu suvda baliq ko‘p ekan, ov qilaylik». Ikkin-
chisi: «Falon suvda baliq bundan ko‘pdir, avval uni 
ovlab, so‘ngra bu yerga kelamiz», – dedi.


89
Agar ular qaytib kelishsa, bu yerdagi barcha 
baliqlarni ovlab ketishadi. Menga o‘limdan bo‘lak 
iloj qolmaydi. Qisqichbaqa bu so‘zni eshitgach, 
darhol borib hamma gapni baliqlarga aytib ber-
di. Baliqlar hayajonga tushib, baliqchiqushning 
yoniga keldilar va dedilar: 
– Biz sendan maslahat so‘ragani keldik. Agar 
dushmanning ham oldiga kelib, maslahat so‘ra-
salar, u bundan bosh tortmasligi kerak (ayniqsa, 
bu maslahat uning o‘ziga ham foydali bo‘lsa). Se-
ning tirikchiliging biz bilan edi, biz omon bo‘lsak, 
sening foydang-ku. Endi biror maslahat ber, nima 
qilaylik?.. 
Baliqchiqush dedi: 
– Ovchilar bilan urishib bo‘lmaydi, lekin ya-
qin joyda bir ko‘l borligini bilaman, uning suvi 
oshiqlarning ko‘z yoshidek musaffo, qirg‘og‘i 
qamish bilan qoplangan... Agar o‘sha yerga 
ko‘chsangiz, salomat qolib, noz-u ne’mat ichida 
yashaysiz.
Baliqlar dedilar: 
– Juda yaxshi maslahat, lekin sen yordam ber-
masang, biz u yerga qanday ko‘cha olamiz?
Baliqchiqush dedi: 
– Bu ish qanchalik ko‘p vaqt talab etmasin, 
men sizga yordam berishdan bosh tortmayman. 
Tezroq harakat qilish kerak, ovchilar hademay 
kelib qolishlari mumkin.
Baliqlar ko‘p yalinib-yolvorishganidan keyin 
baliqchiqush har kuni ulardan bir nechtasini 
olib borib, o‘sha atrofdagi bir tepalik ustida yeb, 
qornini to‘yg‘azar edi. Qolgan baliqlar bir-birlari-
ga hasad qilishar, qachon bizga gal kelarkin, 


90
deb shoshilar edilar. Baliqchiqush esa ularning 
laqmaligiga hayron bo‘lib, o‘z-o‘ziga der edi:
– Dushmanning tilyog‘lamaligiga uchib, unga 
ishonganlarning jazosi shunaqa bo‘ladi.
Bir necha vaqt o‘tgandan keyin qisqichbaqa 
ham ko‘chmoqchi bo‘ldi. Baliqchiqush uni orqasi-
ga olib, baliqlar mozori bo‘lgan haligi tepaga qarab 
parvoz qildi. Qisqichbaqa uzoqdan juda ko‘p baliq 
suyagini ko‘rib, voqeani angladi va o‘z-o‘ziga dedi:
– Tahlika vaqtida dushmanga qarshi chora 
ko‘rmaslik o‘z joningga qasd qilish bilan barobar. 
Kishi dushmandan g‘olib kelsa – shuhrat qozona-
di, halok bo‘lsa nomi qoladi.
Shunday deb qisqichbaqa baliqchiqushning 
bo‘yniga qisqichlarini cho‘zib, bo‘g‘zidan oldi va 
shunday qattiq siqdiki, u behush bo‘lib qulab 
tushdi va til tortmay jon berdi.
Qisqichbaqa undan qutulib, baliqlar yoniga 
sudralib keldi va bo‘lgan voqealarni so‘zlab berdi.
Bu masalni shuning uchun aytdimki, sen bil-
gin: ko‘p kishilar o‘z makr-u hiylasi tufayli halok 
bo‘ladilar. Men senga bir ish o‘rgatay, shu yo‘lni 
tutsang, o‘zing salomat qolasan, dushmaning ilon 
esa halok bo‘ladi.
Qarg‘a dedi: 
– Oqil do‘stlar maslahatiga kirmaslik ahmoq-
likdir.
Shag‘ol dedi: 
Sen havoga parvoz qilib, uy va ko‘chalarga 
nazar sol. Agar ko‘zing biror qimmatbaho nar-
saga tushsa, uni olib parvoz qil. Lekin shunday 
uchginki, odamlar seni ko‘rib tursinlar va qim-


91
matbaho narsani qaytarib olish uchun orqang-
dan ergashsinlar. Sen ilon uyasiga haligi narsani 
tashla. Shunda odamlar ilonni o‘ldirib, narsani 
olib ketadilar va sening joning omon qoladi.
Qarg‘a uchib borib bir hovliga qo‘ndi. Bir xotin 
marvaridni yerga qo‘yib, yuz-qo‘lini yuvar edi. Qar-
g‘a marvaridni olib qochdi va shag‘ol aytganidek, 
uni uyasi oldida yotgan ilonning yoniga tashladi. 
Qarg‘aga ergashib kelgan kishilar ilonni o‘ldirdilar 
va marvaridni olib ketdilar...
Dimna dedi: 
– Bu masalni shuning uchun keltirdimki, kuch 
bilan erishilmagan narsaga hiyla bilan erishsa 
bo‘ladi.
Kalila dedi: 
– Ho‘kiz qanchalik quvvatli bo‘lsa, uning aqli 
ham shu qadar kamol topgan. Sen uni qanday 
qilib alday olasan?
Dimna dedi: 
– To‘g‘ri aytasan, lekin ho‘kiz menga ishonadi, 
uning mendan ko‘ngli to‘q. Shu sababdan uni 
alday olaman, sher quyon hiylasiga ishonib halok 
bo‘lgani kabi, ho‘kiz ham mening qo‘limda halok 
bo‘ladi.
Kalila so‘radi:
– U qanday halok bo‘lgan edi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin