Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Dimnaning baliqlar haqidagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning baliqlar haqidagi hikoyati
Naql qilibdurlarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchilardan 
xoli bir yerda ko‘l bor edi. Unda uch baliq yashar 
edi. Bulardan ikkisi tadbirchan va ehtiyotkor, biri 
esa xom va tajribasiz edi. Kunlarning birida taso-
difan ikki ovchi ko‘l yonidan o‘tib qoldi, ko‘zlari 
uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib ucha-
la baliqni tutishga va’dalashib jo‘nab ketdilar. 
Baliqlar ularning so‘zini eshitgan edilar. Ularning 
biri juda tadbirli bo‘lib, zolim zamonaning zulmi va 
g‘addor falakning vafosizligini ko‘rgan, aql va tajri-
ba orttirgan edi. U darhol ehtiyot chorasini ko‘rib, 
suv kelar tarafdan chiqib, boshqa ko‘lga borib oldi. 
Ko‘p vaqt o‘tmay, baliqchi lar kelib, suvning kirar 
va chiqar tomonini mahkam bekitdilar.
Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin 
aql va farosatdan mahrum bo‘lmagan ikkinchi 
baliq vaziyatni ko‘rib shunday dedi: 
– Fursatni qo‘ldan berdim, g‘ofillar ishining 
oxiri shunday bo‘ladi. Endi tadbir va hiylani ish-


97
ga solish payti keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa 
qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka tushmay, 
najot yo‘lini axtarmoq kerak.
Shunday deb, baliq suv yuziga qalqib chiqdi va 
o‘zini o‘lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, 
o‘lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq 
bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga 
tushib oldi, hiyla ishlatib, o‘z jonini qutqardi.
Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u 
yoqdan-bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga 
sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi, oqibat baliqchi-
lar to‘riga ilindi.
Sher aytdi:
– Masala ravshandir, lekin Shatraba mendan 
shuncha marhamat ko‘rgandan keyin xiyonat 
qilish fikriga tushadi deb o‘ylamayman. Axir, 
shu vaqtga qadar unga yaxshilik dan o‘zga narsa 
qilinmagan edi-ku!
Dimna dedi: 
– Shundaydir, podshohning qilgan katta yax-
shiliklari uni shu fikrga olib keldi... Sharmsiz 
odamlar orzu etgan vazifalariga yetishguncha 
samimiy va sadoqatli bo‘ladilar, bu vazifaga eri-
shishlari bilan o‘zlari loyiq bo‘lmagan yana yuk-
sak martabani egallash xayoliga tushadilar va bu 
yo‘lda hiyla hamda xiyonat ko‘chasiga kiradilar. 
Razil odamlar qo‘rqqanlaridan xizmat qiladilar va 
o‘z muhabbat larini izhor etadilar.
Sher dedi: 
– Mening fikrimcha, Shatrabaning ko‘ngil oyna-
si changdan xoli va ko‘ngli bu xayoldan pokizadir. 
Men hamisha unga inoyatlar qilar edim, nahot, u 
yomonlikni o‘ylasa!


98
Dimna dedi: 
– Podshohga ma’lumdirki, fikri buzuq odam 
hech qachon rostgo‘y bo‘lmaydi. Yo‘ldan ozganni 
jazo va mukofot bilan hammavaqt ham to‘g‘ri 
yo‘lga solib bo‘lavermaydi. Quloqlariga toshbaqa 
bilan chayon qissasi chalinmagan edimi?
Sher dedi: 
– Qani, so‘ylab ber.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin