107
Har kimki maslahat vaqtida maslahatchining
so‘ziga, muolaja chog‘ida tabibning,
shariat ma-
salalarida zohidning so‘ziga kirmasa, yaxshi ish
foydasidan, muolaja shifosidan va ibodat savo-
bidan mahrum bo‘ladi. Balki sherning g‘azabiga
saltanat istig‘nosi va podshohlik sarmast ligi sa-
babdir. Podshohlikdan mast bo‘lgan shohlarning
ko‘ziga xoinlar
sodiq odamlar siymosida, sodiq
odamlar esa xoinlar qiyofasida ko‘rinadilar. Shu-
ning uchun olimlar debdurlarki, «Nahang birla
daryoda o‘ynashmoq xavflidir, lekin shohlarga
yaqinlik qilmoq bundan ham qo‘rqinchlidir». Shoh
xizmatining ozori ko‘p va zarari benihoyadir. Hik-
mat ahli shohlarni olovga o‘xshatibdurlar. Uzoq-
dan o‘tning nurini ko‘rganlar
uning kuydirishini
xayollariga keltirmaydilar, gumon qiladilarki, sul-
tonga yaqin bo‘lishda manfaat ko‘pdir, haqiqatda
esa bunday emas. Sultonning yuz yillik inoyati
uning bir soatlik siyosati bilan ham barobar emas.
Bu lochin bilan tovuq munozarasiga o‘xshaydi.
Dimna so‘radi:
– Ular qanday munozara qilibdilar?
Dostları ilə paylaş: