Dimnaning navbatdagi hikoyati
Aytadilarki, bir mashhur va ma’ruf marzbon
1
bor
edi. Uning Bahoriya degan oy yuzli, gul yonoqli,
nomusli va iffatli bir xotini bor edi... Shu kishining
bir qarchig‘aychisi bor edi. U juda hayosiz va nopok
odam edi. Bir kuni bu behayoning ko‘zi marzbon-
ning xotiniga tushib qoldi. Unga yetishish orzusida
ko‘p harakatlar qildi, hech bir ish chiqara olmadi.
Umidi uzilgandan keyin u xotinni beobro‘ qilish va
shu yo‘l bilan undan qasos olish fikriga tushdi. Bir
ovchidan ikkita to‘tiqush oldi va ularning biriga
balx tilida: «Men darvozabonning xonim bilan bir
uyda yotganini ko‘rdim» degan jumlani, ikkinchisi-
ga esa, «Men endi hech narsa aytmayman» degan
jumlani o‘rgata boshladi. Yetti oy ichida to‘tilar bu
gaplarni takrorlab aytadigan bo‘ldilar. Bir kuni
1
Marzbon — hokim, chegara qo‘riqchisi.
157
marzbon o‘z do‘stlari bilan ulfatlashib, sharob ichib
o‘tirganlarida, qarchig‘aychisi ikki to‘tini olib kelib
ularning oldiga qo‘ydi. To‘tilar o‘rganib olgan ikki
jumlani takror aytar edilar. Marzbon balx tilini
bilmagani uchun to‘tilarning gapini tushunmadi,
lekin qushlarning ovozi yoqib qoldi. Parvarish qilib
tur, deb ularni xotiniga topshirdi. Oradan bir necha
kun o‘tgach, marzbon uyiga Balxdan mehmonlar
keldi. Ovqatdan keyin sharob ichib o‘tirgan edi,
marzbon to‘tilar solingan qafasni o‘rtaga olib kelib
qo‘ydi. To‘tilar odatlariga ko‘ra, o‘sha ikki jumlani
takror-takror aytar edilar. Mehmonlar to‘tilar gapini
eshitgach, bir-birlariga qarab hayron bo‘lgan laricha,
boshlarini quyi solib, uzoq sukut qilib o‘tirdilar.
Niho yat, marzbondan so‘radilar:
– Sen bu qushlarning nima deyayotganlarini
tushuna sanmi?
Marzbon dedi:
– Yo‘q, so‘zlarini tushunmayman, lekin ovozlari
juda yoqadi.
Mehmonlardan biri uy egasiga bu so‘zlarning
ma’nosini aytib berdi va qo‘lini dasturxondan
tortib, dedi:
– Bizning shaharda xotini yomon uydan taom
yemaydilar.
Qarchig‘aychi darhol so‘zga aralashib dedi:
– Qushlarning so‘zi to‘g‘ri, men ham bir necha
daf’a ko‘rganman, guvohlik berishim mumkin.
Marzbon darg‘azab bo‘lib, xotinini o‘ldirmoqchi
bo‘ldi. Xotini bir odam orqali eriga ayttirdi:
– Meni o‘ldirish uchun shoshilmasin. Men uning
qo‘lidaman, istagan vaqtida o‘ldirishi mumkin. Aql
va tajriba egalari hukm chiqarish, ayniqsa, qon
158
to‘kishga shoshilmasliklari, sabrli bo‘lishlari zarur.
Mening haqim dagi ishni tekshirish kerak, agar
to‘g‘ri chiqsa, o‘ldirishi mumkin. Balxlik mehmon-
lardan so‘rasin, o‘sha ikki qush shu ikki jumladan
boshqa narsa biladilarmi? Agar bilmasalar, demak,
bu so‘zlarni to‘tilarga hayosiz, nonko‘r xizmatchi
o‘rgatgani ma’lum bo‘ladi. Chunki u menga so‘z
otgan, meni o‘ynash qilib olmoqchi bo‘lgan, lekin
o‘qi toshga tekkan edi. Shundan keyin u mendan
qasos olish niyatida bu hiylani o‘ylab chiqargan...
Marzbon xotinining aytganiga quloq solib,
to‘tilarning ikkita o‘rgatilgan jumladan boshqa
narsa bilmasligiga qanoat hosil qildi, xotinining
gunohsizligi ma’lum bo‘ldi. Marzbon qarchig‘aychi-
ni chaqirib kelishni buyurdi. Qarchig‘aychi maq-
sadga yetdim, deb suyungancha qo‘lida to‘tiqush
bilan kirib keldi. Marzbonning xotini so‘radi:
– Sen mening yomon ishlar qilganimni ko‘rgan
edingmi?
Qarchig‘aychi: «Ha, ko‘rganman», – demoqchi
bo‘lib og‘zini ochgan ham ediki, qo‘lidagi qush
uning ikki ko‘zini o‘yib oldi.
Xotin dedi:
– Ko‘rmagan narsani ko‘rdim degan ko‘zning
jazosi shu bo‘ladi.
Dimna dedi:
– Men bu masalni shuning uchun keltirdimki,
bilmagan narsani bilaman deb birovga choh qa-
zish, qoralash bu dunyoda ham, u dunyoda ham
og‘ir gunohdir.
Dimnaning so‘zi tugagach, bo‘lgan gaplarning
hammasini yozib shohga yetkazdilar. U tazkirani
onasiga ko‘rsatdi.
159
Onasi dedi:
– Shoh sog‘ va salomat bo‘lsin. Bu hiylakor
endi boshqa usullar qo‘llamoqchi. U makr va hiy-
la ishlatib, shohni mahv etmoq fikriga tushibdi.
Bo‘hton, tahdid va qo‘rqitish yo‘liga o‘tibdi. U endi
fitna qo‘zg‘atib, butun ishlarni ost-ust qilmoqchi,
shohning sodiq, jur’atli va e’tiborli vazirining boshiga
solgan falokatlarni shohning boshiga solmoqchi.
Bu so‘zlar sherni o‘ylatib qo‘ydi, bir lahza mu-
lohazadan so‘ng onasiga qarab dedi:
– Ey, ona, Kalila va Dimnaning so‘zlashib tur-
ganini eshitgan kim edi, hech bo‘lmasa, shuni
aytsang, Dimnani o‘ldirishga mening qo‘limda bir
asos bo‘lar edi.
Sherning onasi dedi:
– Ishonib sir aytgan odamning nomini bildi-
rishim menga juda og‘ir. Omonatga xiyonat qilib
gunohga botishni xohlamayman. Lekin bu sirni
menga aytgan kimsadan ijozat so‘rab ko‘ray, agar
ko‘nsa, aytib beraman.
Sherning onasi o‘z xonasiga borib, qoplonni
yoniga chaqirtirib dedi:
– Shohning senga qilgan yaxshiliklari, lutf-
karami o‘zingga ham, o‘zgalarga ham ayon. Bu-
ning natijasida shuhrat qozonding, martabang
oshdi. Endi sen shohning tuzini oqlash uchun
Dimna haqida menga aytgan so‘zlaringni sherning
oldiga borib takrorlaysan. Shunday qilsang, zo-
limning jazolanishiga, nohaq o‘ldirilgan ho‘kizning
oqlanishiga yordam bergan bo‘lasan.
Qoplon itoatgo‘ylik bilan dedi:
– Agar mening bir emas, mingta jonim bo‘lib,
hammasini shohga fido qilsam ham, menga qilgan
160
yaxshiliklarini uza olmayman. Men kim edimki,
uzr so‘rab sher oldida guvohlik berishdan bo‘yin
tovlasam va shohning yomon gumonlariga sabab
bo‘lsam. Modomiki, ish shu darajaga yetibdi, men
shohning xohishiga amal qilib, nima qilish kerak
bo‘lsa, shuni bajaraman.
U sher va butun hayvonlar oldida Kalila va
Dimna orasida bo‘lib o‘tgan gaplarni batafsil aytib
berdi. Bu so‘z og‘izdan og‘izga o‘tib, har yerga
yoyildi. Kalila hamda Dimnaning suhbatini eshit-
gan hayvonga ham yetib bordi. Shundan keyin
bu hayvon, men ham guvohlik bermoqchiman,
deb shohga xabar yubordi. Sher uni olib kelishni
amr etdi. U kelib zindonda eshitganlarining barini
shohga bayon qildi. O‘tirganlar undan so‘radilar:
– Axir, nega o‘sha kuni kelib, eshitganlaringni
aytib bermading?
U javob berdi:
– Men yolg‘iz bo‘lganim uchun bir kishining
shohidligi hukm chiqarishga yetarli bo‘lmaydi, deb
o‘ylagan edim. Endi esa shohid ikkita bo‘ldi, bino-
barin, Dimna haqida hukm chiqarmoq mumkin.
O‘tirganlar ham, qozilar ham, shohid ikkita
bo‘lganligi uchun endi Dimna haqida hukm chiqa-
rish mumkin, degan qarorga kelishdi. Shoh Dim-
naning qo‘l va oyog‘ini zanjirband qilib zindonga
solishlarini buyurdi. Dimna zindonda ochlik va
tashnalikdan azob va uqubat chekib o‘ldi. Hiyla-
kor va xoin, hasadchi va fitnachilarning oqibati
shunday bo‘ladi...
|