Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


CHINKABUTAR, QARG‘A, SICHQON, TOSHBAQA



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
KAMILA VA DIMNA

CHINKABUTAR, QARG‘A, SICHQON, TOSHBAQA
VA OHU BOBI
Roja brahmanga dedi: 
– Bir fitnachining oraga kirib ikki do‘st o‘rtasi-
da qanday adovat va dushmanlik paydo bo‘lgani, 
nihoyat, bir begunoh bechoraning qoni to‘kilgani 
haqidagi hikoyani eshitdim. Mayling bo‘lsa, endi 
samimiy do‘stlar haqida ularning sadoqat va bi-
rodarliklari to‘g‘risida, bu sadoqat va qardoshlik-
ning fazilati borasida so‘zlab bersang.
Brahman dedi: 
– Aqlli odamlar uchun do‘stlikdan qimmatli 
hech narsa yo‘qdir. Chunki yaxshi kunlarda do‘st-
laring bilan ulfatchilik qilib, xursand bo‘lasan, 
yomon kunlar boshingga tushganda do‘stlaring 
senga hamdard va yordamchi bo‘ladilar. Qarg‘a, 
sichqon, kabutar, toshbaqa va ohu masali bunga 
yaxshi misol bo‘la oladi.
Roja dedi: 
– U qanday masal?
Masal
Debdurlarki, Kashmir viloyatida bir xush-
manzara ajoyib chamanzor bor edi. Ovga serob 
bo‘lganligi uchun u yerga ovchilar tez-tez kelib 
turishar edi. Shu chamanzorda sershox, barglari 
quyuq baland daraxt ustida qarg‘a uya qurib, kun 
kechirar edi. Bir kun qarg‘a o‘z inida u yoq-bu 
yoqqa qarab o‘tirganida, bo‘ynida to‘r, orqasida 
to‘rva, qo‘lida tayoq ushlab, shoshilganicha shu 
daraxt tomon kelayotgan badbashara bir odamga 


162
ko‘zi tushdi. Qarg‘a o‘z-o‘ziga dedi: «Bu odam bir 
baloni boshlab kelayotganga o‘xshaydi, u kimni 
to‘rga solish qasdida kelyapti, meni tutmoqchimi 
yo boshqasini? Yaxshisi, qimir etmay o‘z joyimda 
turay, qani nima bo‘lar ekan».
Ovchi daraxt ostiga kelib to‘rni yoydi-da, don 
sepib, o‘zi berkindi. Bir soat o‘tar-o‘tmas bir to‘da 
kabutarlar uchib keldilar. Ularning boshlig‘ini 
Chinkabutar der edilar. Ko‘pni ko‘rgan, ziyrak va 
chaqqon edi. Kabutarlar u bilan faxrlanar, har 
doim unga bo‘ysunar, u qayerga boshlasa, o‘sha 
yerga uchar va uning sharofati bilan yaxshi kun 
kechirar edilar.
Kabutarlar to‘dasi donni ko‘rganlaridan keyin 
hech narsadan shubha qilmay pastga tushdilar 
va to‘rga ilindilar. Ovchi buni ko‘rib sevinib ketdi, 
ularni tutish uchun joyidan shoshib turdi. Ka-
butarlar patillab, har biri o‘z jonini xalos qilish 
uchun harakat qilar va bir-biriga urilar edilar. 
Buni ko‘rgan Chinkabutar dedi: 
– Vahimaga tushmanglar. Har biringiz o‘zin-
giznigina emas, hammaning xalos bo‘lishini 
o‘ylanglar. Endi birgina chora qoldi: hammamiz 
kuchimizni to‘plab, baravariga parvoz qilishimiz 
kerak.
Kabutarlar boshliqlari aytgandek qildilar, ham-
malari baravariga uchib, to‘r bilan birga ko‘kka 
ko‘tarildilar.
Ovchi ular ketidan yugurdi, u, oxiri bular 
charchab, biror joyga qo‘narlar, deb umid qilardi.
Bo‘layotgan voqealarni kuzatib turgan qarg‘a 
o‘z-o‘ziga dedi:


163
– Men bularning ketidan borib, ish nima bilan 
tugashini ko‘ray, chunki shunday hodisa mening 
ham boshimga tushishi mumkin. O‘shanda bular 
tajribasidan foydalanaman. Boshqalarning boshiga 
tushgan hodisadan o‘zi uchun ibrat olgan odamni 
hushyor va farosatli, deydilar.
Ovchining chopib kelayotganini ko‘rgan Chin-
ka butar yoronlariga dedi: 
– Bu surbet ovchi hamon ketimizdan kelyap-
ti, bizdan voz kechadiganga o‘xshamaydi. Agar 
ko‘zidan g‘oyib bo‘lmasak, bizdan ko‘ngil uzmaydi. 
Ochiq joyga emas, daraxtzorlarga borib qo‘naylik, 
shunda u bizni topolmay, orqasiga qaytib ketar. 
Mening bu yaqinda bir sichqon do‘stim bor, unga 
aytsak, to‘rimizni qirqadi va bizni ozod qiladi.
Kabutarlar uning so‘ziga kirib, u boshlagan 
tomonga qarab uchdilar. Ovchi ovora-yi sarson 
bo‘lib orqasiga qaytdi.
Voqeaning nima bilan tamom bo‘lishini bilish 
uchun qarg‘a ham ular orqasidan to‘xtovsiz uchib 
borardi.
Kabutarlar sichqon maskani yoniga tushdilar.
Sichqonning oti Ziyrak, o‘zi juda aqlli va chaq-
qon edi, hayotning issiq-sovug‘ini ko‘rgan, ach-
chiq-chuchugini totgan edi. Biror falokat ro‘y 
bersa, qochib chiqib ketish uchun inidan ancha 
teshik ochgan, iniga somon solib, ozuqa bilan 
to‘ldirgan edi.
Chinkabutar uning uyasiga kelib chaqirdi. U 
ham kabutarning ovozini eshitishi bilanoq ini-
dan yugurib chiqdi va vafodor do‘stini tuzoqda 
ko‘rgach, ko‘zlaridan yosh oqizib dedi: 


164
– Ey, aziz va mehribon do‘stim! Kim seni bu 
ahvolga soldi? 
Chinkabutar javob berdi: 
– Yaxshilik ham, yomonlik ham taqdirdan. 
Kimning peshanasiga nima yozilgan bo‘lsa, er-
tami, kechmi, shu narsa uning boshiga keladi, 
undan qochib qutulib bo‘lmaydi... Qismat bizni 
bu balo girdobiga soldi. U bizga don ko‘rsatib, 
ko‘zimizni bog‘ladi va aqlimizni qora pardaga 
chulg‘adi. Hammamiz balo zanjiriga, baxtsizlik 
changaliga tushdik. Mendan ko‘ra quvvatliroq va 
sha’n-shavkatliroq bo‘lganlar ham qismatdan qo-
chib qutula olmaganlar. Vaqt-soati kelganda kun 
va oy tutiladi, baliq daryo tagidan yuzaga qalqib 
chiqadi, qush osmon bag‘ridan yerga tushadi, 
nodonlar maqsadga yetadi, aqllilar ojiz qoladilar...
Sichqon bu so‘zlarni eshitgach, Chinkabutar 
o‘ralgan iplarni qirqa boshladi. Chinkabutar dedi: 
– Avval o‘rtoqlarim o‘ralgan iplarini qirq qin. Si-
chqon uning so‘ziga parvo qilmadi. Chinkabutar 
yana dedi: 
– Ey, aziz do‘stim, avval o‘rtoqlarimni banddan 
ozod qil! 
Sichqon dedi: 
– Sen o‘z joningni xalos etishni istamaysanmi, 
yashashga sening haqqing yo‘qmi? 
Chinkabutar dedi: 
– Men ularga rahbar bo‘lish vazifasini o‘z 
zimmamga olganman. Shuning uchun ularning 
menda haqlari bor, ularni asrash mening bur-
chimdir... Buning ustiga, men ularning harakati 
va yordami tufayli ovchining qo‘lidan xalos bo‘lgan 


165
edim. Endi men ham o‘z burchimni ado etib, 
o‘zimdan avval ularni qutqazishim kerak. Yana 
shunisi borki, agar sen mening iplarimni qirqa 
boshlasang, charchab qolishing va do‘stlarim 
to‘rda qolib ketishlari mumkin. Lekin men to‘rda 
qolsam, sen qanchalik charchamagin, baribir 
meni to‘rda qoldirmaysan. Hammadan oldin 
o‘zimni qutqazsam, ta’na va malomatga qolaman.
Sichqon dedi: 
– Bu muruvvatli va insofli odamlarning xosiyat-
idir. Bu xosiyat do‘stlaringning senga bo‘lgan is-
honchi va muhabbatini yanada mustahkamlaydi.
Shuni deb sichqon astoydil ishga kirishib, 
kabutarlarning iplarini qirqa boshladi. Birozdan 
so‘ng kabutarlar va Chinkabutar to‘rdan ozod 
bo‘ldilar.
Qarg‘a sichqonning jonbozligini va iplarni qir-
qishdagi mahoratini ko‘rib, u bilan do‘stlashmoq 
fikriga tushdi va o‘z-o‘ziga dedi:
– Kabutarlar boshiga tushgan ish mening ham 
boshimga tushishi mumkin. Bunday do‘st kerak 
bo‘lib qoladi.
U sichqon ini yoniga kelib, chaqirdi.
Sichqon so‘radi: 
– Kim?
Qarg‘a dedi: 
– Men, qarg‘aman.
Qarg‘a uning kabutarlarga qilgan yaxshiligi, 
vafodorligini aytib berdi va dedi: 
– Sening naqadar muruvvatli va oliyjanob ekan-
liging menga ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun sen 
bilan do‘stlashish orzusiga tushdim. Bu do‘stli-


166
kning nimaiki shartlari bo‘lsa, bajo keltirishga 
hozirman.
Sichqon dedi: 
– Sen bilan mening o‘rtamda hech umumiylik 
yo‘q, binobarin, do‘st bo‘lishimiz ham mumkin 
emas. Aqlli odamlar nodon odamlar ahvoliga tush-
maslik va hikmat ahllariga kaltafahm bo‘lib ko‘rin-
maslik uchun mumkin bo‘lmagan narsalarni orzu 
qilmaslik kerak. Quruqlikda kemadan, dengizda 
otdan foydalanishni istaganlar o‘zlarini kulgili 
holga solgan bo‘ladilar. Chunki boshida aqli bor 
odam bunday ishni qilmaydi. Sen bilan mening 
oramizda qanaqa muhabbat bo‘lishi mumkin! 
Axir men sening taomingman, demak, sening 
yoningda bir lahza bo‘lsa-da, tinch, bexavotir ya-
shay olmayman. Kimki o‘z tengi bilan bo‘lmasa, 
uning boshiga ham kaklik boshiga tushgan savdo 
tushadi.
Qarg‘a dedi:
– Uning boshiga nima savdo tushibdi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin