240
Maymun bu fikrlarini xayolidan kechirib, tosh-
baqaga dedi:
–
Olimlar aytibdurlarki, xalqqa zarur bo‘lgan
ozuqani yashirgan shoh, do‘stlarning baxtli bo‘li-
shi uchun kerak narsani bermagan do‘st shoh
va do‘st degan nomlarga noloyiqdurlar. Men xo-
tiningni qanchalik sevishingni bilaman, uning
sog‘ayib ketishi uchun zarur bo‘lgan darmonni
bermaslik do‘stlikka xiyonat qilish demakdir. Men
xotiningning dardini bilaman, chunki bizning
maymun xotinlarda ham shunday xastalik bor.
Biz yuraklarimizni berib, ularni muolaja etar edik.
O‘zimiz esa yuraksiz yashay berar edik.
Agar sen
buni sohilda aytganingda, men yuragimni o‘zim
bilan birga olib chiqar edim. Qarigan vaqtimda
menga yurakning ehtiyoji yo‘q.
Menga yuragimni
ko‘tarib yurish juda og‘ir, chunki unga qo‘ngan
g‘am-anduh haddan tashqari ko‘p va og‘irdir.
Shuning uchun yuragimning dardi biroz kamay-
sin, deb olib qo‘ygan edim.
Toshbaqa dedi:
– Nima uchun yuragingni uyda qoldirding?
Maymun dedi:
– Maymunlarda bir odat bor: yaqin do‘stlarining
uyiga ketayotganlarida, mehmondorchilik yaxshi
va shirin o‘tsin deb, yuraklarini o‘zlari bilan olib
bormaydilar, chunki yurak g‘am
va alam maskan-
idir. Sening aqlli va iffatli xotiningni xastaligini
eshitgach, yuragimni olib yursam ezilib ketadi,
deb o‘yladim. Albatta, sen mening do‘stligimni
sinagansan, shuning uchun so‘zlarimga ishona-
san. Lekin
sening qavm-u qarindoshing, qalin
241
do‘st bo‘lsa ham, o‘ziga uncha zarur bo‘lmagan
bir narsasini bizga berishdan bo‘yin tovladi, deb
badgumon bo‘lishlari mumkin. Yaxshisi, orqaga
qaytsak, yuragimni olib kelaman.
Toshbaqa suyunib, darhol orqasiga qaytdi.
Qirg‘oq bo‘yiga yetgach,
maymun sakrab, bir da-
raxt ustiga chiqib oldi.
Toshbaqa bir soatcha kutdi, so‘ngra maymunni
chaqirdi va dedi:
– Ey, aziz do‘stim,
yuragingni olib tush, fursat
o‘tmasin.
May mun kulib dedi:
– Men uzoq yashab, ko‘p
narsalarni boshimdan
kechirgan, dunyoning issiq va sovug‘ini ko‘rgan,
achchiq-chuchugini totganman. Endi kelib-kelib
sendan pand yeymi? U xom xayolingdan voz kech
va bundan so‘ng hech kimga ahd-u vafodan so‘z
ochma. Sening bevafo
ekanligingni ilgariroq pay-
qagan edim. Meni tulki aytgan «yuragi va qulog‘i
yo‘q eshak» deb gumon qilmagin.
Toshbaqa so‘radi:
– Tulki nima degan ekan?
Dostları ilə paylaş: