248
uchun keltirdimki, oqibati nima bo‘lishini yax-
shi bilmasdan turib bo‘lmagan narsalarni xayol
qilmaslik kerak. Aks holda, pushaymon bo‘lish
mumkin.
Xotinining bu so‘zlari zohidning es-hushini
joyiga keltirib qo‘ydi.
Ma’lum vaqt o‘tgach, xotinining ko‘zi yorib,
pahlavondek o‘g‘il tug‘di. Shod-xurram bo‘lib,
nazr-niyozlar berdilar.
Zohidning xotini biroz
quvvatga kirgach, bolani eriga topshirib, o‘zi
hammomga ketdi. Bir soat o‘tgach, saroydan
farrosh kelib, darvishni podsho chaqirayotganini
aytdi. Zohid
nima qilishini bilmay, uy poylashga
o‘rgatilgan latchani o‘g‘li bilan qoldirib, o‘zi pod-
sho yoniga ketdi. Darvish
uydan chiqishi bilan
teshikdan bir katta ilon chiqib, beshik tomon
o‘rmalab kelaverdi. Latcha
yugurib kelib ilonni
bo‘ynidan oldi-da, tishlab o‘ldirdi, bolani halo-
katdan qutqardi. Shu payt darvish qaytib kelib
qoldi, latcha go‘yo uni suyuntirmoqchi bo‘lgandek,
oldiga yugurib chiqdi. Darvish qonga bo‘yalgan
latchani ko‘rgach, o‘g‘limni o‘ldiribdi, deb gumon
qilib, hech o‘ylamay-netmay,
latchaning boshini
ezib tashladi. Uyga kirib qarasa, o‘g‘li salomat,
beshik tagida esa bir katta ilon cho‘zilib yotibdi.
Zohid masalani tushundi va qilib qo‘ygan ishidan
ming pushaymon bo‘lib sochlarini yula boshladi...
Shu vaqt xotini kelib qoldi. Bo‘lgan voqeani
eshitib, juda xafa bo‘ldi. Bir necha vaqt o‘tgandan
keyin
eriga tasalli berib, uni tinchitdi.
Zohid o‘ziga kelgach xotiniga dedi:
– Bu hodisani yaxshilab esingda tut va bilginki,
shoshilib qilingan ishning oqibati xunuk bo‘ladi.
249
Xotini dedi:
– To‘g‘ri, shoshilgan odam murodiga yetmaydi.
Bir podsho o‘z lochinini begunoh o‘ldirib qo‘yib,
hasrat va nadomat chekkanidek, siz ham qilib
qo‘ygan ishingizdan hadeb pushaymon bo‘laver-
mang.
Darvish so‘radi:
– U nima qilgan ekan?
Dostları ilə paylaş: