250
ajdaho o‘lib yotgan ekan. Kun harorati ta’sir qilib,
undan qatra-qatra zahar suvga tomayotgan ekan.
Mulozim darhol tog‘dan tushib, ko‘rganlarini
podshohga aytib berdi. Shoh uning so‘zini eshitib
yig‘lay boshladi.
Mulozim so‘radi:
– Yig‘ingizning sababi nimadir?
Podsho
chuqur uh tortib, bo‘lgan voqeani aytib
berdi.
Mulozim dedi:
– Ey, shohim, bu ishni shoshilmay o‘ylab qili-
shingiz kerak edi.
Shoh dedi:
– Qilib qo‘ygan ishimdan pushaymonman, lekin
foydasi yo‘q. O‘lgunimcha bu jarohat ko‘ksimdan
ketmaydi.
Darvishning xotini dedi:
– Bu masalni shuning uchun keltirdimki,
sizga
ma’lum bo‘lsin: bunday hodisalar ko‘p bo‘ladi.
Zohid dedi:
– Ey, mehribon yorim, bu hikoyatni aytib
berib, menga ancha tasalli berding, go‘yo
yaram-
ga malham qo‘ygandek bo‘lding. Bu voqealar
davron sahifalariga yoziladi. Ana shunday, buni
o‘qigan odamlar ibrat olib,
hech ishni shoshilib
va o‘ylamasdan qilmaydigan bo‘ladilar. Chunki
shoshilinch bilan qilingan ishning oqibati faqat
pushaymonlikdir.