Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Shag‘olning hikoyati
Bir maymun o‘z hamjinslaridan chetlanib, 
o‘rmonning bir burchagida yashar edi. Bu o‘rmon-
da bir necha anjir daraxti bo‘lib, ular faqat yozda-
gina hosil berar edi. Maymun har kuni anjir qoqib 


295
to‘ygunicha yer, qolganini quritib, qishga g‘amlab 
qo‘yar edi.
Maymun bir kuni o‘z odati bo‘yicha anjir da-
raxtiga chiqib, anjir terayotganida tasodifan bir 
cho‘chqa ovchidan qochib, bu yerga kelib qoldi. 
Maymunning ko‘zi cho‘chqaga tushib, kayfi uchib 
ketdi. Cho‘chqa ham maymunni ko‘rishi bilan, 
marhabo, deb salom berdi. Maymun esa istehzo 
bilan dedi:
– Agar ilgariroq odam yuborib xabar bersalar 
edi, ziyofat tayyorgarligini ko‘rib qo‘yar edik. Endi 
yaxshi kutib olmasak, aybga buyurmagaysiz.
Cho‘chqa dedi: 
– Men uzoq yo‘ldan kelyapman, nima bo‘lsa 
ham, ishtaha bilan yeyman. Takalluf qilmay, bor 
narsangni olib kel.
Maymun anjir qoqib berdi. Cho‘chqa ishtaha 
bilan yeb oldi, lekin to‘ymadi. 
U maymunga dedi: – Ey, mezbon, qornim 
to‘ymadi, nafsim qonmadi, boshqa daraxtni qoqib 
ber.
Maymun og‘rina-og‘rina yana bir daraxtni qoqib 
berdi. Cho‘chqa hayal o‘tmay hamma anjirni yeb 
tugatdi, keyin boshqa daraxtga ishora qildi.
Maymun dedi: 
– Ey, aziz mehmon, insofni unutma. Bir oylik 
ovqatimni senga berdim. Bundan ortiq karam 
ko‘rsata olmayman.
Cho‘chqa g‘azabga kelib dedi: 
– Sen necha yillardan beri bu o‘rmonda ya-
shab, mevalarni yeb kelasan. Endi o‘rmondagi 
mevalarning barchasi mening nasibamdir.


296
Maymun dedi: 
– Birovning mulkini zo‘rlik bilan olish shum-
lik hisoblanadi. Zo‘ravonlikning oqibati yaxshi 
bo‘lmaydi. Zaiflarga ozor berish, begunohlarni 
ranjitish yaxshi emas.
Cho‘chqaning jahli chiqib: 
– Men seni hozir daraxtdan tushirib, jazoyingni 
beraman, – dedi va daraxtga tarmashdi. Bir shox-
ga oyoq qo‘ygan edi, shox sinib, yiqilib tushdi va 
halok bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sen 
ham cho‘chqaga o‘xshab boshqalarning rizqini 
zo‘rlik bilan tortib olsang, jamoat ochlikdan o‘lsa, 
sen ham jazongni tortasan.
Sher bu so‘zlarni eshitgandan so‘ng meva 
yemoqni ham tark etdi, toat-ibodat bilan mashg‘ul 
bo‘ldi.
Insonlarga aziyat berib, qilgan ishining oqiba-
tini tushunmagan, o‘z boshiga falokat kelgandan 
keyingina xatosini anglab, zulmni tark etgan 
odam haqidagi afsona shundan iboratdir.


297

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin