304
ko‘cha verishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Davlat
ishlarida har odamning o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilay
olish buyuk mahorat talab qiladi.
Iste’dodsiz, nodon va razil odamlar yuksak
mavqega chiqib olishga urinsalar, bu narsa odat
shakliga kirsa, idora ishlarida buzg‘unlik ro‘y
beradi, axloq buziladi va pastkash odamlar bilan
iste’dodli odamlar orasida nizo boshlanadi.
Natija-
da podshohlarga itoatsizlik kabi xatarli hodisalar
yuz beradi.
O‘z hunarini tashlab, qo‘lidan kelmaydigan ish-
ga yopishgan odamning qanday ahvolga tushishi
haqidagi hikoya shundan iborat.
305
BILOR VA BRAHMANLAR BOBI
Roja dedi:
– O‘z hunarini tashlab har maqomga yo‘rg‘a-
lagan, natijada hech narsaga erisholmagan odam
haqidagi hikoyani eshitdim. Endi
menga mam-
lakatni idora etish va davlatni mustahkamlash
uchun podshohlarning qanday xususiyatlarga ega
bo‘lishini, beozorlik, saxovat va shijoatdan qaysi
biri eng yaxshi fazilat ekanligini bayon qiluvchi
hikoyani lutfan aytib bersang.
Brahman dedi:
– Shohlarning qudrat va shavkatidan dalolat
beruvchi narsa beozorlik va donolikdir. Ayni
zamonda u xalqning osoyishta yashashi ham
davlatning mustahkamligi uchun eng zarur xo-
siyatdir... Chunki saxiylik
bilan biror toifani rozi
qilish mumkin, shijoat esa har doim kerak bo‘la-
vermaydi. Beozorlik va donolik esa hamma vaqt,
ham jamoat bilan muomalada, ham lashkarni
va raiyatni idora etishda darkor bo‘ladi... Beo-
zorlikning asosiy sharti aqlli va tajribali odamlar
bilan maslahatlashmoq, nodon va johil odamlar-
dan qochmoqdir... Chunki hech narsa insonga
do‘stlik kabi kuchli ta’sir eta olmaydi. Shuning
uchun ham, otalar debdurlar: «Sen do‘stingning
kimligini aytib ber, men esa sening kimligingni
so‘zlab beraman».
Saxiyligi bilan butun dunyoni oltinga to‘ldir-
gan, shijoat bilan urushlarda g‘olib
chiqqan kishi
beozorlik xislatidan mahrum bo‘lsa, bir nojo‘ya
harakat bilan bularning hammasini yo‘qqa chiqa-
rib yuborishi mumkin. Lekin saxiyligi va jasurligi
306
bo‘lmasa ham, muloyim va dono bo‘lsa, shu bilan
hammaning ko‘nglini olishi, hatto dushmanni
ham bartaraf qilishi mumkin. Shunisi ham borki,
birgina beozorlikning o‘zi
yetmaydi, beozorlik iro-
da va qat’iyat bilan birga bo‘lsa yaxshi, bu xislatlar
bo‘lmasa, beozorlikning o‘zi nuqson hisoblanadi.
Agar shoh bu narsani nazaridan qochirsa, uning
hayotdan olgan lazzati, mamlakatni idora etish
ishlarida qozongan muvaffaqiyatlari arzimagan
bir g‘azab tufayli yo‘q bo‘lib ketadi. Ma’lumki,
shohlarning baxt-toleyi
ularning aql va kamoliga,
vazirlarning tadbir va sadoqatiga bog‘liqdir. Pod-
sho olim va beozor bo‘lsa, uning vaziri ma’rifatli
bo‘lsa, u barcha murod-maqsadlariga erishib, har
ishda g‘alaba qozonadi. Qaysi tarafga yuz o‘gir-
sa, baxt va davlat uning ketidan yuradi. Butun
quloqlar uning ovoziga, ko‘zlar uning ishorasiga
muntazir bo‘lib turadi. Agar podsho aqlli vazir-
ning tadbir va maslahatlari
asosida ish olib borsa,
baxtsizlik va falokatdan omon qolishi mumkin.
Bunga misol qilib hind shohi bilan brahmanlar
orasidagi mojaroni bayon etuvchi hikoyani kel-
tirish mumkin.
Roja so‘radi:
– U qanday hikoya?
Dostları ilə paylaş: