Vazirning hikoyati
Nil bo‘yidagi viloyatlarning biriga bir shoh
hukm ron edi. U yerda serbuloq va qalin mevali
daraxtlar bilan qoplangan boy, g‘oyat baland bir
tog‘ bor edi. Bu tog‘da yirtqich, vahshiy hayvon-
lar yashar edi. Shu tog‘ning bir yoriq joyi bo‘lib,
yetti iqlimdan esgan shamolning hammasi shu
yerdan o‘tar edi. Bu yoriqning yaqinida dunyo-
da misli ko‘rilmagan daraja go‘zal bir uy bor edi.
Shohning o‘zi ota-bobo si yashagan shu uyda tu-
rar edi. Ularning ba’zilari dahshatli shamol va
bo‘ronlar natijasida halok bo‘lib ketar edilar, le-
kin muhtasham binoni, mevalarni va ona yurtni
tashlab boshqa yerlarga ko‘chib ketishni istamas
edilar. Shohning bir maslahatchi vaziri bor edi.
Bir kuni shoh unga dedi:
– Bizning ajdodlarimiz sa’y-harakati bilan
baxt
li kunlarga yetishganligimizni sen yaxshi
bila san. Agar shamol bo‘lmasa, bu yer xuddi jan-
natning o‘zi. Dahshatli shamollar esadigan bu
yoriqni berkitish uchun bir chora topish zarur.
355
Shunday qilsak, hozirgi va kelajak avlodlarim-
izni falokatlardan qutqargan, bu dunyoda ham
bir jannat paydo qilgan bo‘lur edik.
Vazir dedi:
– Men shohning amriga muntazir bo‘lgan quli-
man.
Shoh dedi:
– Bu mening so‘zlarimga javob bo‘lmadi.
Vazir dedi:
– Mening boshqa javobim yo‘qdir. Chunki
shoh har jihatdan bizdan ko‘ra bilimli va aqllidir.
Shoh yer yuzining hukmdoridir, lekin u aytgan
ishini qi
lishi odamning qo‘lidan kelmaydi, uni
amalga oshirish uchun ilohiy kuch-quvvat ker-
ak. Kichiklar ulug‘larga qarshi turolmaydilar.
Shoh dedi:
– Odamlarning bir-birlari bilan musobaqalashib
qo‘lga kiritishga uringan noz-ne’matlari samodan
beriladi, lekin shunday bo‘lsa-da, ularning qanday
kun kechirishlari, o‘zlarining harakatlariga bog‘liq.
Bu narsa qudrati ilohiy emas, odamning o‘ziga
bog‘liq. Qani, bu haqda nima deysan?
Vazir dedi:
– Mening o‘ylashimcha, shoh qilmoqchi
bo‘lgan ishga diqqat bilan qarashi kerak, so‘zning
esa ahamiyati ozdir. Bu ishdan keladigan foy-
da va zararga kelganimizda, ularni oldindan
bilib bo‘lmaydi, bunga insonning aqli yetmaydi.
Shuning uchun ham, shoh ehtiyot bo‘lishi ker-
ak, tag‘in o‘ziga shoh axtarib ketgan eshakning
vaziyatiga tushib qolmasin.
Shoh so‘radi:
– Eshak qanday ahvolga tushibdi?
|