Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
KAMILA VA DIMNA

SHER VA HO‘KIZ BOBI
Hind rojasi
1
brahmanga dedi: 
– Menga bir hikoya aytib berginki, unda xoin 
odamning yolg‘onchiligi, bo‘htonlari natijasida 
ikki do‘st orasidagi sadoqat adovatga aylanib, 
bir-birlaridan ajralib ketishgan bo‘lsin.
Brahman dedi:
– Agar ikki do‘st orasiga bir xoin kirib qolsa, 
albatta, nizo tushadi, ular xuddi sher va ho‘kiz 
kabi bir-birlariga dushman bo‘lib qolishadi.
Shoh so‘radi:
– Ular qanday qilib dushman bo‘lib qolibdilar?
Brahman hikoyati
Naql qilibdurlarki, bir badavlat savdogar bor 
ekan, uning bolalari katta bo‘lganlarida hech qa-
nday ish bilan mashg‘ul bo‘lishni istamabdilar. 
Otalarining molini sovura boshlabdilar.
Ota ularni yig‘ib debdi: 
– O‘g‘illarim! Odam bu dunyoda uch narsa-
ga intiladi, bu uch narsa esa to‘rt vosita bilan 
qo‘lga kiritiladi. Bu uch narsaning biri – yaxshi 
turmush kechirmoq, ikkinchisi odamlar orasida 
yuksak mavqega ega bo‘lmoq, uchinchisi – oxirat 
savobini topmoq uchun savobli ishlar qilmoqdir. 
Bu uch narsaga erishmoq uchun vosita bo‘lgan 
to‘rt narsa quyidagilardir: halol mehnat bilan 
davlat to‘plamoq; qo‘lga kiritilgan davlatni saqlay 
bilmoq; isrofga yo‘l qo‘ymasdan davlatini o‘zi, 

Roja — hindlarda hukmdor, shoh demakdir (tarj.)


66
oilasi va aka-ukalari uchun xarjlamoq... Nihoyat, 
mumkin qadar o‘zini ziyonli ishlardan tiymoq. Bu 
to‘rt shartdan bittasini ham bajarmagan odam o‘z 
orzusiga yetolmaydi. Chunki odamning davlati 
bo‘lmasa, u o‘zi yeb, boshqalarni to‘ydira olmaydi; 
agar davlati bo‘lsa-yu, lekin uni rasamadi bilan 
xarjlamasa, sal o‘tmasdan bu davlat yo‘q bo‘lib 
ketadi.
Shuning uchun debdurlarki, mol-davlatni 
qo‘lga kiritishdan ko‘ra uni xarjlash qiyindir...
Agar odam pul topib turmasa, bor davlatini 
naqadar oz xarjlasa ham, bu davlati tezda tamom 
bo‘ladi – surma oz-oz ishlatilishiga qaramay, bari-
bir tugaydi...
Shuning uchun debdurlar: «Toma-toma ko‘l 
bo‘lur, hech tommasa cho‘l bo‘lur». Odam davlat 
yig‘ib, uni xayrli va foydali ishlarga xarjlamasa, 
unday odamni badavlat emas, yo‘qsil deb hi-
soblash kerak. Bunday odamning davlati keraksiz 
yerlarga o‘rinli-o‘rinsiz sarf bo‘lib ketadi. Bu suv 
keladigan yo‘li bor-u, chiqadigan yo‘li bo‘lmagan 
bir hovuzga o‘xshaydi – suvning ortig‘i foydali 
yerlarga sarf bo‘lmasdan toshib, atrofni bosib 
ketadi.
Nihoyat, otaning nasihati o‘g‘illariga ta’sir 
qildi, ularning har qaysisi bir kasb-hunar bilan 
mashg‘ul bo‘la boshladi. Katta o‘g‘il savdogarchilik 
qilish uchun uzoq bir mamlakatga safarga chiqdi. 
Yo‘lda bir katta botqoqlikka duch keldi. Uning 
yuk tashuvchi ikki ho‘kizi bor bo‘lib, birining oti 
Shatraba, ikkinchisining oti Bandaba edi. Shat-
raba o‘sha yerda botqoqqa botib qoldi, savdogar 
va uning xizmatkorlari ko‘p qiyinchiliklar bilan 


67
Shatrabani balchiqdan chiqarib oldilar, lekin u 
juda holsizlanib yurishga majoli qolmagan edi. 
Savdogar o‘z xizmat korlaridan birini Shatraba 
yonida qoldirib, bir necha kun uni parvarish 
qilishni, kuch-quvvatga kirgach uni yetaklab ke-
lishni buyurdi.
Bir-ikki kun o‘tgandan keyin ho‘kizning yoni-
da qolgan xizmatkor zerikdi, ho‘kizni qoldirib, 
savdogarning yoniga bordi va unga Shatraba 
o‘lganini aytdi. Ho‘kiz bo‘lsa o‘sha joydan ketib, 
suvi serob, o‘ti mo‘l bir go‘zal joyga yetib bordi va 
o‘sha yerda yashay boshladi.
Ko‘p vaqt o‘tmay semirib ketdi. U xursand 
bo‘lganidan o‘ynoqilab ma’rab yurar edi. Shu 
yerning yaqinida o‘rmon podshohi sher va uning 
xizmatida jonivorlar: ayiq, qashqir, shag‘ol va 
shunga o‘xshash hayvonlar yashardi. Sher men-
dan ulug‘i va mendan zo‘ri yo‘q, deb o‘ylar, hech 
kimni nazar-pisand qilmas edi. Lekin u hech vaqt 
ho‘kizni ko‘rmagan, uning ma’rashini eshitmagan 
edi. Shuning uchun u Shatrabaning bo‘kirganini 
eshitib qo‘rquvga tushdi va buni xizmatimdagi 
hayvonlar sezishmasin deb, o‘z joyidan jilmay 
o‘tiraverdi, ovga ham chiqmay qo‘ydi.
Uning yonida bo‘lgan hayvonlar orasida ikkita 
shag‘ol bor edi. Ulardan birining oti Kalila, ikkin-
chisining oti Dimna edi. Ikkovlari ham sezgir va 
makkor edilar. Lekin Dimna ziyrakroq va yovuz-
roq edi.
Dimna Kalilaga dedi: 
– Birodar, sen sher haqida qanday fikrdasan? 
U bir necha kun bo‘ldiki, joyidan jilmaydi, ovga 
ham chiqmay qo‘ydi.


68
Kalila dedi: 
– Senga daxli bo‘lmagan narsalarni nega 
surishti rasan? Bizning ahvolimiz oydin: biz 
shoh xizmatidamiz va uning davlati soyasida ya-
shaymiz. Biz shohlar majlisida suhbat qilishlik 
huquqiga ega bo‘lgan va shohlar ishiga aralasha-
diganlardan emasmiz. Ovozingni chiqarma, bilib 
qo‘yki, aloqasi bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullan-
ganning boshiga maymunning qismati tushadi.
Dimna dedi: 
– Maymunga nima bo‘lgan edi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin