Animizm – lotincha anima, animus so’zlaridan olingan bo’lib, jon va ruhlarga ishonishni biliradi. Bu atama ilmiy iste’molga ingliz etnologi E.B. Taylor tomonidan kiritilgan. Marhumlar, ajdodlar ruhi, odamlar joni, tabiat hodisalari ruhlari animizning asosiy obrazlari bo’lgan. Animizm tabiat hodislari ruhlarini oliyjanob va insonga dushman kuchlar deb bilgan. Uning ta’siri zamonaviy jahon dinlarida ham saqlanib qolgan. Fetishizm – frantsuzcha – tumor, idol so’zlaridan bo’lib, jonsiz narsalarga ular g’ayri tabiiy kuchga ega deb ishonish va sig’inishni anglatadi. Toshlar, daraxtlar, umuman istalgan narsa fetishizm predmeti bo’lishi mumkin. Fetishizm elementlari hozir ham mavjud. Ko’chma ma’noda fetishizm nimanidir hamma narsadan yuqori qo’yish, hayot mazmuni deb bilishni anglatadi. Tovar fetishi, pul fetishi tushunchalari ana shuning natijasidir. O’zbekistonda dinga ishonuvchilar ongi va psixologiyasida, dinning ta’siri saqlanib qolayotganligini aniqlashda an’anaviy yo’llar bilan yondashish endi eskirib qoldi. Bu sabablarni endi faqat dindorlar faoliyatiga, tarixiy inertsiya kuchiga, daxriylikni tarbiyalash ishidagi kamchiliklar va burjua-klerikal targ’ibot ta’sirlarigagina bog’liq qilib qo’yish to’g’ri emas. Diniy dunyoqarash va mafkurani bular bilangina bog’liq qilib qo’yib bo’lmaydi. Bu murakkab psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalardir. Dinga e’tiqod qilishni ilmiy tahlil etish, dindorlarning xatti - harakatlarini bevosita kuzatish shundan dalolat beradiki, biz dinning ijtimoiy-psixologik ildizlarini, hozirgi dinga ishonuvchilarning diniy psixologiyasining xususiyatlarini, hozirgi dindorlikning ko’rinishlarini chuqurroq o’rganishimiz lozim.