Urganch Davlat Univaersiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili sirtqi taʼlim yoʻnalishi 205-guruh talabasi Musayeva madina durdibayevna Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 230,76 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü230,76 Kb.
#140716
Oʻz ad tarix 1

Urganch Davlat Univaersiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili sirtqi taʼlim yoʻnalishi 205-guruh talabasi Musayeva madina durdibayevna Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti.


Mavzu: Dilshodi Barno hayoti va ijodi.
Reja: 1.D.Barno hayoti va ijodi. 2.D.Barno adabiy merosi. 3."Tarixi muhojiron"asari haqida.
Dilshod otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul soʻfi qizi), (1800, Oʻratepa — 1905/06, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar. Otasidan savod oʻrgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod oʻrgatgan. Anbar Otin D. O. ning iqtidorli talabalaridan boʻlgan. D. O. gʻazal, muxammas, masaddas, chiston va b. bilan birga xotiranomalar ham yaratgan.
Uning 91 ta oʻzbekcha va 51 ta tojikcha sheʼri, "Tarixi muhojiron" ("Muhojirlar tarixi") badiiy-tarixiy asarining oʻzbekcha va tojikcha 3 qoʻlyozma nusxasi ("Tazkirai Barno", "Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron" — "Inson matonati va muhojirlar tarixi", "Muntaxab alashʼori Barno" — "Barnoning tanlangan sheʼrlari") bizgacha yetib kelgan.
Turkistonni chor Rossiyasi bosib olishiga boʻlgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini toʻgʻri tushungan. Shu jihatdan D. O. sheʼriyati xalq taqdirining badiiy yilnomasi darajasiga koʻtarildi. Shu bilan birga shoira baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi ("Bu jabru zulmat albat muvaqqat...", "Fargʻona" va b.), turkistonliklarni doʻst-inoq yashashga undadi ("Xaloyiq, borsangiz...", "Tarixi muxosara" va b.). D. O. lirikasida muhabbat va sadoqat mavzui, vatan va inson ozodligi masalasi uygʻunlashib ketgan ("Sochim sunbul deyurlar...", "Falakda suzuvchi oy..." va b.).
D. O.ning "Tarixi muhojiron" asarida 19-asr Qoʻqon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni maʼrifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli aʼzolari boʻlishga chorlagan. Shuningdek, asarda Oʻratepa va Qoʻqonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida maʼlumot keltirilgan. D. O. asarlari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 1207). Asarlari oʻzbek va tojik tillarida nashr qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar ;Tanlangan asarlar, T., 1972; Zebunniso, Dilshod va Anbar Otin sheʼriyatidan, T., 1981.
Yüklə 230,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin