18
qirlarni
qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali,
yoridan bu yerlarga
qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq,
Ko’rmazib o’g’ri tuzaq,
Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko’rmay, mening oyog’im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey
seviklim, endi o’zing davola.
Yig‘lab uzu artadim,
Bag‘rim bashin qartadim,
Qachmish qutug‘ irtadim,
Yag‘mur ko‘ni qan sachar.
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan
bag‘rim
yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg‘irday
qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni
yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li
shunday uzoq va
mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan
qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi
mumkin.
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat
talqin qilingan
she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga
molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor
ekanligidan dalolat beradi.