Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti


pedagogik texnologiyalarning tamoyillari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix03.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
pedagogik texnologiyalarning tamoyillari 
«Devonu lug‘otit turk»dagi badiiyat namunalarining aksariyati axloqiy 
ma’naviy mohiyatga ega. Ularda yoshlarnikeksalaming o'gitiga quloq tutishgan
chaqiriladi. Yuksak insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p
yurtlarda bo‘lib, ilm va ilmli kishini ulug‘lovchi she’riy parchalami ham
to'plashga harakat qilgan. Asar matnida ularga keng o‘rin berilganligi fikrimizni
quvvatlantird:
Us es kо‘rub yuksak qaliq qodi chaqar,
Bilga kishi o‘gut berib tavraq uqar,
Mazmuni:
Karkas yirtqich hayvonlardan qolgan go‘shtni (ovni) ko‘rib, o'zini osmondan
tashlaydi. Donishmand kishilami qiziqtiradigan ov—o‘git-nasihatdir. Ular
o‘gitni eshitishlari bilanoq quloqqa oladilar. (0 ‘sha kitob. 53-bet.)
Pand- nasihat, o‘gitlarnitinglash va ularga amal qilish donishmandlik 
belgisi bo'lib, she’riy parchalarda katta hayotiy tajribaga ega kishilaming so'zlariga
amal qilishga chaqiriladi: 
O‘rgan aning biligin,
Kunda angar baru.
Qutquluqni tapingin,
Qo‘zg‘il qochar naru. 
Mazmuni:
O‘rgan uning bilimin,
Borgil o‘shal sari.
Qutlug‘ ishga bo'ysungin 
Kibrni quv nari.
 
Biligni urdadim
Bo’guni uzurdum
O’zumni azirdim
Yalg’il atim yazlinur. 


25 
Ilmu donishni istadim. Ilmli donishmandlarni qidirdim. O’zimni odamlar 
orasidan ayirdim. Buning uchun oq yolli otim yechiladi.
Bu misralar orqali, ijodkor ilm-u hikmat izlashdan aslo to‘xtamagani, o‘zini 
odamlar orasidan olib qochib faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lganini aytadi va bu 
orqali kitobxonlarni ham ilmli, ma’rifatli bo‘lisga chorlaydi. 
Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin, 
Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan. 
Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik 
yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l, deydi shoir. Haqiqatan, 
ilm-ma’rifatli bo‘lish bilan birga insonning xulqi ham go‘zal bo‘lmog‘I darkor. 
Sababi shuki, olim bo‘lish –oson, odam bo‘lish qiyin. Eng avvalo go‘zal xulqli 
inson bo‘lishimiz kerak,

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin