28
2.3. “Devonu lug’atit-turk” asarini ta’limiy texnologiyalar asosida o’qitish
Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir
Mahmud Qoshg`ariy
(XI asr)ning "Devonu lug`atit turk"
asarida keng bayon
etilgan.
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan
she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat,
ov va jang
manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli
kishilarni hurmat qilish,
mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib
qiluvchi, baxil,
ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar
ko`p uchraydi.
Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga,
uning foydasini
targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.
Majmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri,
bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik
va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z,
do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p
uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar
qadim-qadimlardan boshlab, inson
shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi.
Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni
ilm olishga undash, uning
foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi.
Yoshlarga
ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi:
Dostları ilə paylaş: