7
I BOB. Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari va bu
asarda tarbiyaga oid fikrlarning dolzarbligi
1.1.“Devonu lug’atit-turk” – didaktik adabiyot namunasi
Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk “
asari avlodlar uchu juda
boy meros hisoblanadi. Sababi shuki, “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizga juda
ko‘plab badiiyat namunalari yetib kelgan. Bu xususida ko‘plab Yevropa olimlari
va turkologlar izlanish olib borganlar.
«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab
bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da
keltirilgan
to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan
edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi
ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham
e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar
yozilgan davrdan ilgari
mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham
«Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti bo‘g‘indan o‘n to‘rt
bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.
2
V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy
parchalarga nisbatan
tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida
xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor.
Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:
Dostları ilə paylaş: