1.1. O‘quv fanining maqsad va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda Xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotlarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, diplomatiyaning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahlil qilishni hamda asosan, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, manbalarni o‘rganish har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning Xalqaro munosabatlar va diplomatiyadagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning shakllari, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan ishlarida foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
1.2 Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi kursining maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixining shakllanishi taraqqiyoti, Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi va uning asosiy yo‘nalishlari, Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixining nazariyasini bilishi kerak;
- talaba tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asosida tahlil qilishi, tarixiy manba va tadqiqotlarni xolis, mustaqil tadqiq qilishi, O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixi manbalari, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixi manbalari, tadqiqotlari, mintaqaning Chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi hamda Sovet hokimiyati yillari tarixini yorituvchi manbalar, tadqiqotlar haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
- talaba mustaqil O‘zbekistonda Xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar va diplomatiyasining xususiyatli jihatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishi, tarix bilimlarini rivojlanishi va o‘zgarishlarini aniqlovchi omillar, tarix bilimi, tarix fanidagi izchillik, tarix fanida mavjud bo‘lgan oqimlar va maktablar, tarix fani tarixidagi ijtimoiy va siyosiy tarkibiy qismlar, tarix fanining vujudga kelishiga oid malakalariga ega bo‘lishi kerak.