Urganch davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 318 Kb.
səhifə10/14
tarix11.11.2023
ölçüsü318 Kb.
#132166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishchi sillabus

III. BAHOLASH MEZONLARI
3.1. Reyting ishlanmasi
Fan uchun barcha mashg’ulot turlari bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi quyidagicha:
Ma`ruza: 26 soat
Amaliy: 28 soat TMI: ___ soat



t/r

Nazorat turlari

Soni

Ball

Jami ball

1

O.B.













1.1. Yozma ish (3 savol)

1

1 savol - 10 ball
2 savol - 10 ball
3 savol - 10 ball



30

2

J.B.




Haftalar







JB1

JB2

JB3

JB4







VI

XI

XIII

XVI







2.1. Seminar mashg’ulotlarni bajarish

2

2,5x4=10




2,5x4=10




20




2.2. TMI– yozma referat tayyorlash

2




1x10=10




1x10=10

20

Jami:

10

10

10

10

40

3

Ya.B.













3.1. Yozma ish (3 savol)

1

1 savol - 10 ball
2 savol - 10 ball
3 savol - 10 ball



30




Jami:







100

Nazorat turlari,ularni o’tkazish haftasi,maksimal ball va saralash ballari quyidagi jadvalda keltirilgan:



Nazorat

JN-1

JN -2

JN -3

ON

JN -4

YaN

Jami

Maksimal ball

10

10

10

30

10

30

100

Saralash ball

5,5

5,5

5,5

16,5

5,5

16,5

55

ON, YAN: jami 3 ta savol beriladi. Har bir savol 0-10 balldan baholanadi
JN: 4 marta JN chiqariladi, har birida talaba 1 marta baholanadi, har bir baholash 0-10 balldan baholanadi.
MT: 3 JN da e’tiborga olinadi (Mustaqil ta’lim turlari qanday tarzda amalga oshirilishi fan xususiyatlaridan kelib chiqiladi (referat, prezentatsiya, kollekium...))


JN natijalari guruh jurnali va qaydnomaga butun sonlarda (0-10 ballgacha) qayd qilinadi.
3.2. Joriy nazorat uchun baholash mezonlari
JN da fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilim va amaliy ko’nikmalari darajasini (o’zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda amaliy mashg’ulot, seminar yoki laboratoriya darslarida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Shuningdek har bir fan bo’yicha talabaning mustaqil ish bo’yicha olgan ballari ham joriy nazorat natijalarida o’z aksini topadi.
JN natijalari semester davomida 4 marta chiqariladi. Har bir umumlashtirish sanasiga qadar har bir talabaning bilim, ko’nikma va malakalari (shu jumladan mustaqil ishi ham) 4 marta 0 dan- 10 gacha bo’lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.Natijada butun semester davomida har bir talabaning joriy baholari soni 4 tani tashkil qiladi. Talabaning har bir baholashda olgan ballari guruh jurnalida qayd qilib boriladi.
Semestrning reyting ishlanmasida ko`rsatilgan haftalarida talabalarning shu kungacha olgan ballari yig’indisi hisoblanib JN natijasi sifatida fan uchun ajratilgan qaydnomaga ko’chirib yozib boriladi.
Kafedrada JN bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning quyidagi mezonlari qo’llaniladi:
Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha:
A`lo «9-10» ball bilan baholanadi:
- Amaliy mashg’ulotlari mavzusining maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;
-bayonda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’yilmasa;
-mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;
-mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobilyatini namoyon eta olsa;
-berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;
- qo’shimcha adabiyotlardan samarali foydalangan bo’lsa;
Yaxshi «7-8» ball bilan baholanadi:
- Amaliy mashg’ulotlarining maqsadi va mazmunini tushungan, bayonda ilmiy va
mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’yilmasa;
-mavzu materialining amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;
-berilgan vazifani o’quv dasturi doirasida bajarsa;
-berilgan savollarga to’gri javob bera olsa;
Qoniqarli «5-6» ball bilan baholanadi:
-mavzu haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa;
-mavzu tor doirada yoritilib, bayonda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilsa;
-bayon mazmunan ravon bo’lmasa;
-savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
-nazorat ishlariga qisman javob olinsa.
Qoniqarsiz «3-4» ball bilan baholanadi:
- Amaliy mashg’ulotiga jiddiy tayyorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;
-mashg’ulot mavzusiga doir aniq tasavvurga ega bo’lmasa;
- Amaliy mashg’ulotlari mavzusiga doir berilgan savollarga, nazorat ishlariga noto’g’ri javob olinsa.
«1-2» ball bilan baholanadi:
- Amaliy mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;
-mashg’ulot mavzusiga doir deyarli hech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;
- Amaliy mashg’ulotlari mavzusiga doir berilgan savollarga, nazorat ishlariga javob olinmasa.
3.3. Oraliq nazorat uchun baholash mezonlari:
ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo`lim yoki qism bo`yicha nazariy ma’lumotlar o`tib bo`lingandan so`ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ON semestrda bir marta, fanning taxminan 50% i o`tilgandan keyin 3 ta nazariy savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida o`tkaziladi. Har bir javob 0 dan -10 gacha bo`lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.
1- savol: B1=10 ball
2- savol: B2=10 ball
3- savol: B3=10 ball
Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi:



Yüklə 318 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin