Urganch davlat universiteti



Yüklə 210,25 Kb.
səhifə1/18
tarix15.12.2023
ölçüsü210,25 Kb.
#140872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Yangi tahrirdagi O\'z Res Konstitutsiyasi Ishchi o\'quv dastur — копия (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor
_______________ S.U.Xodjaniyozov
2023 yil “___” _________
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI


FANI BO‘YICHA

Ishchi o‘quv dasturi




Bilim sohasi: 400.000 — biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: 420.000 — Huquq
Ta’lim yo‘nalishi: 60420100 — Yurisprudensiya (faoliyat turlari) bo‘yicha

Umumiy o‘quv soati _______ (guruhlarda jami ____ soat)


Shu jumladan


Ma’ruza –
Seminar (amaliy) mashg‘ulot –
Mustaqil ta’lim soati -


Urganch– 2023

Ishchi o‘quv dastur O‘zbеkistоn Rеspublikasi Оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tоmоnidan BD-5111600-3.06 raqam bilan ro‘yxatga olingan 4.10.2019-y 892-sonli buyruq bilan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, “Huquq” kafеdrasining


2023 yil «___» avgustdagi yig‘ilishida muhоkama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnоma №
Tuzuvchi: “Huquq” kafedrasi o‘qituvchi stojori G.Raximova
Taqrizchi: “Huquq” kafedrasi mudiri Yuridik fanlar falasafa doktori
(PhD) U.Hajiyev

Ishchi dastur Urduning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” fakulteti “Huquq” kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. 2023 yil “__ ”avgust -sonli majlis bayoni.




Kafеdrasi mudiri: “Huquq” kafedrasi mudiri Yuridik fanlar falasafa doktori
(PhD) U.Hajiyev

Ishchi dastur Urduning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” fakultеti o‘quv-uslubiy kеngashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2023 yil. _____ avgust - sоnli majlis bayonnоmasi.




Fakultеt kеngashining raisi: I.Abdullayev
Konstitutsiyamizning va milliy qonunchiligimizning yangilanishi bilan bog‘liq me’yorlarni huquqiy mushohada qilish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlash aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi tubdan o‘zgarishini talab etadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning muhim sharti hisoblanadi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish haqida qanchalik tugal va mukammal nazariy fikrlar bildirilmasin, ularni shaxsning huquqiy ongiga singdirish borasida muntazam hamda tizimli ish olib borilmasa, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa har bir davlatning huquq tizimini asosi Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini anglamasdan turib, yetuk huquqiy madaniyatga erishib bo‘lmaydi. Huquqsiz davlat mavjud bo‘la olmaydi. Huquq davlat hokimiyatini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi va shu orqali uni qo‘llaydi. Har bir suveren demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri sifatida uning huquq tizimiga va shu huquq tizimining asosi sifatida eng oliy yuridik kuchga ega Konstitutsiyasiga ega bo‘lishi belgilangan.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin demokratik talablarga va prinsiplarga javob beradigan davlat hokimiyatini tashkil etish; bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodni tashkil etish; fuqarolar manfaatiga mos keluvchi fuqaro, jamiyat, davlat munosabatini o‘rnatish, unda fuqaro manfaatlarining ustunligini ta'minlash, inson, uning huquqi, erkinligi, qadr-qimmati, sha'nini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish, mamlakatda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini birdek ta’minlash; mamlakat xavfsizligini birday ta’minlashni nazarda tutuvchi tashqi siyosat olib borish vazifasini ko‘zlovchi tashqi siyosat olib borish mamlakatimiz oldidagi eng muhim vazifalar sifatida maydonga chiqdi
Ushbu o‘quv ishchi dasturi Ushbu uslubiy qo‘llanma Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hamda barcha normativ huquqiy hujjatlarning asosi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda, shuningdek ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oid bilim hamda ko‘nikmalarni egallashda qulayliklar yaratadi.



Yüklə 210,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin