11-mavzu. Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim. Interfaol strategiyalar. Reja: Maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnalogiyalar
Interfaol metodlardan samarali foydalanish
Interfaol strategiyalar.
Kichik ma’ruza: Bolaga yo‘naltirilgan ilk ta’limda quyidagilar inobatga olinadi: • Bolalarga muloqot qilish, o‘rganish va rivojlanish uchun jismoniy, ijtimoiy, psixologik imkoniyatlar tug‘ilganda beriladi. Agar bu imkoniyatlar aniqlanib, tan olinmasa va qo‘llab-quvvatlanmasa, ular rivojlanish o‘rniga so‘nib boradi.
• Bolaning rivojlanishiga qanchalik erta e’tibor berilsa, shunchalik yaxshi, chunki bolaning rivojlanishi tabiatan o‘zi yig‘ilib boruvchi hodisa hisoblanadi. Agar bolaning oziqlanishi yoki sog‘lig‘iga xavf solinadigan bo‘lsa, uning rivojlanishi kechikadi yoki zaiflashadi.
• Bola tug‘ilganidan ota-onasi, akasi, opasi, yaqin qarindoshlari va tarbiyachisidan oladigan mehr-muhabbati to‘liq bo‘lishi kerak va bu bolaning mukammal, sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. YAqin insonlaridan doimiy ravishda mehr olib turgan bolalar bunday imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan yaxshi o‘sadilar.
• Bolaga uning ilk oylarida ko‘rsatilgan mehr-muhabbat, kelajakdagi hayotida uning insonlarni sevishiga va doimiy hurmatga asoslangan mustahkam aloqalarni o‘rnatishiga yordam beradi.
• YOsh bolaning sog‘ligi va ovqatlanishini nazorat qilish, ilk bolalik davridagi ta’limda ko‘proq muloqotni ruxlantirish, jamiyatga va shaxsan bolaga ulkan foyda olib keladi.
• Bolaning har bir bosqichdagi ehtiyojlari asosan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi, bunda ota-onalarning o‘rni katta bo‘ladi.
• Bolaning jismoniy, aqliy, “bilish” (idrok etish), ijtimoiy-hissiy va nutq, muloqotchanlik ko‘nikmalari tobora rivojlanib, o‘sib boradi va bu holat qobiliyatlarning rivojlanishida, muloqot, o‘ynash va o‘rganishda ko‘rinadi.
Ilk davrlarda bolaning rivojlanishiga to‘g‘ri yondashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.
• Ilk davrda bola samarali rivojlanishi uchun bolaga e’tibor doimiy bo‘lishi kerak