Savol va topshiriqlar:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion bankini tashkil qilish usullari nimalarni o’z ichiga oladi?
2.Interfaol usul nima?
3.MTTda qo’llaniladigan texnologiyalardan qaysilarni bilasiz?
4. Innovatsion jarayonlarni nazorat qilish aspekti nima?
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion bank tuzilmasi haqida aytib bering
6. Maktabgacha ta'lim muassasasining o'quv jarayonida interaktiv texnologiyalar haqida aytib bering?
Adabiyotlar:
1. Belyaev, V. I. Sevimlilar. Shanba ilmiy ish [matn] / B. I. Belyaev. - M.: Sizning bosmaxona-Z ngiz, 2010. - 430 b.
2. Karascelova, T. M. Biz qarsak chayqalayapmiz / T. M. Karascelova // Praleska. - 1991. - № 5. - S. 3.
3. Hamyon, N. N. Ta'limdagi innovatsiyalardan barqaror rivojlanish manfaati uchun ta'limgacha. - 2009. №1. - S. 10-16.
4. Kudryavtsev, V. T. Innovatsion maktabgacha ta'lim: tajriba, muammolar va rivojlanish strategiyalari / V. T. Kudryavtsev // Maktabgacha ta'lim. - 1997. - № 7,10,12; 1998. - № 5,10, 11,12.
5. Mixayenko, N. Maktabgacha ta'lim: mazmunini yangilash bo'yicha ko'rsatmalar va talablar / N. Mixayenko, N. Korotkova // Maktabgacha ta'lim. - 1992.-№ 5-6. - S. 17-27.
6-mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda innovatsiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirishtexnologiyasi. Maktabgacha ta’lim tarbiyachisining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari va funksiyalari.
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsiyalarni ishlab chiqish texnalogiyasi
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining innovatsion faoliyatini shakllantirishda tarbiyachi muloqoti.
3. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining innovatsion faoliyatini shakllantirish funksiyalari.
4. Tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyati
5. O’qitishni jadallashtirish texnologiyasi.O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: Innavotsionlik, Interfaol metodlarni, muammoli vaziyat, multimedialar, kasbiy mahorat, Zamonaviy texnik vositalar.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki tarbiyachining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.Tarbiyachining Innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi.Tarbiyachining Innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda rasional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida tarbiyachi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.Tarbiyachi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib boradi.Tarbiyachining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning muammolari va usullarini echishni aniqlashga qaratilgandir.Tarbiyachi va bola o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi Innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu tarbiyachi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.Hozirgi jamiyat tarbiyachi innovatsiya faoliyatiga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi:ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda tarbiyachining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
Demak, tarbiyachi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi.Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o’zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo’llanish mashxurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub'ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etish lozim.
Bolaga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni innovatsion texnologiyalar orqali “Bolajon” tayanch dasturlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan. Bu zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘proq muloqot va mashqlarga asoslangan o‘yin-mashg‘ulotga aylantirib, tarbiyachilarni yangicha usullardan foydalangan holda ishlashga undaydi.
MTM mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishdan maqsad:
– bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish;
– muammoli vaziyatlarni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish;
– bolalarni faollashtirish;
– ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
– ko‘rgazmali qurollar;
– texnika vositalari;
– tarqatma materiallar;
– multimedialar.
MTMlarda mashg‘ulotlar davomida eng keng qo‘llaniladigan usullardan biri
antiqiy fikrlashga undovchi o‘yinlardir.
Mashg‘ulotlarda bunday o‘yinlardan foydalanish:
1. Har bir bolaga individual qobiliyatini namoyon etishga sharoit yaratadi.
2. Mantiqiy o‘yinlar aniqligi, izchilligiga ko‘ra, bola rivojlanishining eng ta’sirchan davriga to‘g‘ri keladi.
3. Mantiqiy o‘yinlar orqali bola atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini anglashga urinadi.
4. Bunday o‘yinlar bolani ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan rivojlantira oladi.
5. Mantiqiy o‘yinlar orqali bolalar o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishish yo’llarini izlab topadi.
6. Mazkur o‘yinlar bolalarni qiyin vaziyatdan qutulish choralarini izlab topishga, fikrlarini bayon etishda bir xillikdan qochishga o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |