Urganch davlat universiteti


Novatsiya Innovatsiya



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy

Novatsiya

Innovatsiya

amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;

tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi

ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;

ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

metodlar yangilanadi;



subyektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;

natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

yangi texnologiyalar yaratiladi;




faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;




amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat – yangi


ijtimoiy talablarning an’anaviy meyorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.
Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
Pedagogning innovatsion faoliyati:

  • yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;

  • pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;

  • novatorlik darajasi;

  • kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;

  • ijodkorligi bilan belgilanadi.

Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O‘zgarishlarni amalga oshirish.
Innovatsion pedagogika termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida g’arbiy Evropa va AQShda paydo bo’lgan. Dastlab Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-Kalik, N.V. Kuzmina, V.A. Slastenin, A.I. Sherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda Innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan
X. Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N. Gross, M. Mayerz, A. Xeyvlok, D. Chen, R. Yedem ishlarida Innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, ta'limdagi o’zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning " hayoti va faoliyati" uchun zarur bo’lgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo’lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
V.A. Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo’naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o’zida aks ettiradi.
R.N. Yusufbekova pedagogik yangilikka o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo’lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o’zgarib turishi mumkin bo’lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Tadqiqotchilar A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G. Kruglikov, A.S. Axiezer, N.P. Stepanov va boshqalar Innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar:.
O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo’lib ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday o’z aksini topganligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin.
1. Ta'lim tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini "Ta'lim to’g’risidagi qonun" hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. Bu ta'lim tizimini tubdan islox qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi.
2. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagi:
a) Gendr pedagogikasi;
b) Evristik pedagogika;
v) Majburiy pedagogika;
g) Androgogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi bilan belgilandi.
3. O’qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta'lim mazmunida, o’qitish metodlarida, dars shakli, o’qitish turlari, o’qitish vositalarida ko’rishmiz mumkin. - ta'lim mazmuniga innovatsiya an'anaviy, noan'anaviy va masofaviy o’qitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi:

  • o’qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida ko’ramiz. Aktiv metodni qo’llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izoxlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (tarbiyachi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi;

  • dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida ko’rishimz mumkin;

  • o’qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli ta'lim, evristik ta'lim, darajalangan ta'lim, integrasiyalangan ta'lim, interfaol ta'lim, informal ta'lim, rasmiy ta'lim, norasmiy ta'lim turlari bilan izoxlanadi;

  • o’qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izoxlaymiz;

  • o’qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko’rishimiz mumkin;

bosqichlari
1. Aktiv metod. Bu metod talaba-yoshlarni dars jarayonida faollashuviga, ma'lum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo’lishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o’qtivchi va talabalarni birgalikdagi faol hatti-harakatlariga asoslanadi.
- Dars shaklida innovatsiya quyidagi shakilda ko’rishimiz mumkin;
a) Standart dars -dars ichidagi struktura o’zgarmaydi.
b) Nostandart dars -dars ichidagi struktura o’zgaradi.
v) Vertual dars - yani masofadan o’qitish.

Innovatsiya jarayonini tarkibiy tuzilmalari va qonuniyatlari bir qancha pedagog olimlar tomonidan o’rganib chiqilgan bo’lib uning afzallik tomonlari ochib berilgan. Quyidagi jadvalda 4 ta asosiy qonuniyatlar va ularning mazmuni keltiriladi.


Innovasion jarayonni kechishining 4 ta asosiy qonuniyatlari:
1. Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va xodisalar to'g'risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo’linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning axamiyati va qimmatini keng yoritadi
2. Nihoyat amalga oshirish qonuni yangilikning hayotiyligi bo'lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
3. Qoliplashtirish yoki stereotiplashtirish qonuni unda pedagogik innovasiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy xarakatga o'tish tendensiyasiga ega bo’ladi. Bunda pedagogik qolip qoloqlikka, boshqa yangiliklarni amalga oshish yo'liga to'siq bo'lishga majbur bo'ladi.
4. Pedagogik innovasiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining moxiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Innovatsiya jarayonining ikki tipi mavjud
Birinchi tipi- Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni Innovatsion jarayonda unga bo’lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi. Ikkinchi tipi- Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin