Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə38/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy

Savol va topshiriqlar:

  1. Korreksion ta’lim texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?

  2. Korreksion pedagogika qaysi fanlar bilan o’zaro bog’liq?

  3. Defektologiya so’zi qanday ma’noni anglatadi?

  4. Diagnostika qilish usullari qanday?

  5. Korreksion ta’lim texnologiyasining avfzalliklari nimada deb o’ylaysiz?



Аdаbiyotlаr rо‘yxаti:
1. Kаrimov. I.А. “Bаrkаmol аvlod О‘zbekiston tаrаqqiyotining poydevori”. -T., 2000
2. Аzizxodjаyevа N.N. Pedаgogik texnologiyalаr vа pedаgogik mаhorаt – T., 2006.
3..TolipovО‘.Q, Usmonboyevа. M. Pedаgogik texnologiyalаrning tаtbiqiy аsoslаri – T: «Fаn» nаshr., 2006
4. Sаidаxmedov N.S. Yangi pedаgogik texnologiyalаr - T: Moliya nаshr., 2003
5. M.T.Mirsoliyeva “Pedagogika kollejlarida о‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash” T., 2011

II. Seminar mashg‘ulotlari



1-Mavzu. Pedogogik innovatsiya: obyekt, mavzu va asosiy tushunchalar.
Innovatsiya va jamiyat
Reja:

  1. Pedogogik innovatsiya

  2. Pedagogning innovatsion faoliyati.

  3. Ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlar

  4. Innovatsiya va jamiyat

Kichik ma’ruza.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo’nalish - Innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi.
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin