Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 61,57 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü61,57 Kb.
#129879
1   2   3
2 mavzu

ABDULLA AVLONIY (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, o’gay onam bilan bir ukam meni qaramog’imda menga boqim bo’lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqqa to’g’ri kelganligidan quvvai muhofazam o’rta darajada bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shu choqlarda o’zim mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va mullalarga qarshi she’rlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o’qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida chiqqan matbuot — gazeta va jurnallar bilan tanishib, o’qib, ma’lumotimni orttira bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik – yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o’quvchilari mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul jadidchilar qatoriga kirdim.
1904 yildan jadidchilar to’dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o’qituvchilik ham qildim… Mulla va boylarga qarashli eski turmush bilan qat’iy sur’atda kurasha
boshladuk. O’z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi. 1905 yilgacha shu holda sinfiy kurashda davom qildik…»
A.Avloniy «Shuhrat», «Osiyo», «Turon» gazetalarini nashr etib, uning sahifalarida eski maktab va madrasalardagi o’quv-o’qitish uslublarini isloh qi-lishga undovchi maqolalarga keng o’rin berib bordi. A.Avloniy maqolalaridan birida shunday deb yozadi: «Biz musulmonlar ma’rifat va madaniyat jihatidan o’ruslardan va hatto armanlardan juda orqadamiz…
Bizning bolalarimizning yoshroqlari ko’chalarda turli foydasiz o’yinlar bilan mashg’ullar,, kattaroqlari boylar eshigida xizmatkordirlar. Maktab, madrasalarimizda ilm degan aziz narsani yolg’iz ismigina qolgan, o’qiydirg’on bolalarimizning 15-20 yillab umri azizlari madrasa yotoqxonalarida barbod bo’lib, ba’zilari o’z ismlarini ham to’g’ri o’rganmay chiqmoqdalar».
A.Avloniy nashr etgan gazetalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyati chorizm hukumati tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni ma’rifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatishga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, etim-esirlarni o’qitdi. Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Yusuf Tohiriy mazkur maktab haqidagi xotiralarida shunday yozgan edi: «Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo’l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi usuldagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug’i butun sha-harga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qishyozishni o’rgatarmish, jo’g’rofiya, xisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’rgatilarmish», – degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uchto’rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong’u bo’lib, masjid yo’lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va o’qimoq uchun kelganlar soni ko’p edi. Hayotimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotma, cho’qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim – A.Avloniy edi. O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay, ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik. Bizning bolalarning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsa ham, mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor bo’lishlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizni eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
A.Avloniyning Mirobodda katta qiyinchiliklar bilan ochgan yangi usuldagi maktabning dovrug’i, Yusuf Tohiriy xotiranomasida yozganidek, butun Toshkentga tarqaldi. Lekin u ko’p o’tmay yopildi.
Bu haqda A.Avloniy shunday yozgan edi: «Maktabimda er, odamlar, tog’-toshlar, daryo, osmon haqida suhbatlar o’tkazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari
bilishib, meni kofir bo’lding deb maktabimni yopdilar». Biroq A.Avloniy o’z g’oyasi va e’tiqodi yo’lida bu muvaffaqiyatsizlikdan va ilm-ma’rifatga qarshi bo’lgan jaholatparastlardan, chor hukumatining millatchilik siyosati oldinga surgan har qanday to’siqlardan qo’rqmadi. Shundan so’ng u 1909 yilda kambag’al va etim-esirlarga yordam berguvchi «Jamiyati xayriya» jamg’armasini tashkil etadi va unga olti oy raislik qiladi. Shu yili Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfdan iborat maktab ochdi. «Maktabda bolalarga jo’g’rofiya, tarix, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlar bilan birga ona tili va adabiyot fanlaridan bilim beradi». Etim-esir bolalarni kiyim-bosh, qalam-daftar bilan ta’minlash uchun bo’sh vaqtlarida duradgorlik va suvoqchilik qiladi, pechka tuzatuvchi usta bo’lib pul topadi.
A.Avloniy mehnatkash xalq farzandlarining kelajagiga butun borlig’i bilan ishongan holda, ularning savodini chiqarish, sinfiy ongini o’stirish maqsadida yangi usuli savtiya maktablari uchun darslik va qo’llanmalar ham yaratdi. Ayniqsa, uning «Muallimi avval» (1911), «Muallimi soniy» (1912), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), 6 qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1917), «Maktab guliston» (1915) va boshqa asarlari o’zbek milliy tarbiyashunosligi tarixida muhim o’rin egallaydi.
A.Avloniyning «Muallimi avval» («Birinchi muallim») alifbo darsligi Mulla Abdulvahob Ibodiyning«Tashilul alifbo» haqida, M.Faxriddinovning «Rahbari avval» darslik-alifbolari kabi usuli maddiyada yaratilgan. Usuli maddiya hijo usulining ancha soddalashtirilgan turi bo’lib, harfiy-bo’g’in uslubi (metodi) deb ham yuritiladi. Abdulla Avloniy mazkur alifboni yaratishda usuli savtiyada yaratilgan ilk darsliklar (Saidrasul
Saidaziziyning «Ustozi avval», 1903 yil; Munavvar qori Abdurashidxon o’g’lining «Adibi avval» (1907)ini chuqur o’rgandi, o’zining amaliy tarbiyachilik faoliyatidan foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e’tibor berdi, o’qitishning eng oson yo’llarini qo’llashga harakat qildi. Bu haqda Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Muallimi avval» («Birinchi muallim»)imizdan ham olib, tajriba qilib, o’qutub ko’rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning bir ta’mi-mazasi bordur, bu ta’m esa tajriba sohiblarini kashfu ma’lum o’lur… zng oson usul ila tartib edilmish». Darslikning birinchi qismida harfning yozilish shakllari tushuntiriladi, ikkinchi qismida didaktik xarakterdagi kichikkichik matnlar beriladi86.
Muallifning «Muallimi soniy» (2-sinf uchun) kitobi terma kitobga o’xshash bo’lib, «Alifbodan so’ng o’qutmoq uchun» yozilgan, bolalar ruhiga, bilim saviyasiga mos keladigan sodda, didaktik axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, she’rlar bilan ziynatlangan darslikdir. Ko’pgina she’rlar yod olishga, ifodali va rollarga bo’lib o’qishga mo’ljallangan. Bu kitob 40 darsga mo’ljallangan bo’lib, unda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy asarni yod olish, ifodali va ta’sirchan o’qishga e’tibor beriladi. «Muallimi avval»dan so’ng o’qish kitobi sifatida foydalanishga mo’ljallangan «Muallimi soniy» darsligi ilm-ma’rifatga da’vat etilgan «G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!» she’ri bilan ochiladi:
Maktab uyi — dorulomon,
Maktab hayoti jovidon,
Maktab safoyi qalbi jon, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon… Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktab o’quvni ko’rsatur,
Maktab yozuvni o’rgatur, Maktab yuqu (uyqu)dan uyg’atur,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktabdur – ilmu kamol,
Maktabdur husnu jamol,
Maktabdur milliy xayol,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Kitobni varaqlar ekanmiz, muallifning «Sahiylik» va «Baxillik», «Arslon ila ayiq», «Nafsi buzuq hayitda o’lar», «Aqlli qarg’a», «Aqlli bola», «Qalampir ila cho’l yalpizi», «Ovoz», «Xrus (xo’roz)ila bo’ri», «Aqlli bog’bon», «Soqi ila onasi», «Bolari ila Pashsha» kabi hikoya va masallarida nafs balosi va ochko’zlik, yolg’onchilik, baxillik, hasadgo’ylik, janjalkashlik, takabburlik, manmanlik, yalqovlik, tekinxo’rlik, nodonlik va jaholat, soxta do’stlik, nomardlik qattiq qoralanadi, rostgo’ylik, sahiylik, chin do’stlik, xushfe’llik, xushmuomalalik, yaxshilik qilish, aql va donishmandlik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlar esa sharaflanadi. Bunday ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy mazmundagi asarlar bilan tanishtirish shubhasiz, bolalarni erksevarlik, haqiqatgo’ylik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, A.Avloniyning yuqori sinf o’quvchilariga darslik sifatida mo’ljallangan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarining ahamiyati katta bo’ldi. Darslikdayoshlarni
«yaxshiliqg’a chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm» axloq va xulq haqida keng fikr yuritiladi. A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg’on, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»1, deb to’g’ri tushunadi va to’g’ri talqin qiladi: «Tarbiya, «pedago’giya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur… Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtindan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan asrab o’sdurmakdur»2.
A.Avloniyning Vatan, uning taqdiri, o’tmishi, istiqboli haqidagi qarashlari, uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy o’ylari bilan chambarchas bog’liqligi jihatidan ham diqqatga sazovordir.
«Har bir kishining tug’ilib o’sg’on shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug’ilg’on, o’sg’on erini jonidan ortiq suyar»3, – deydi Avloniy.
Shuning uchun «Har kim» Vataniga, insoniyatga xizmat qilish, ezgulik yaratish dardi bilan yashamog’i lozim. Davr, zamonning kun tartibiga qo’yilgan dolzarb muammolarning hal etilishi – ana shu «Har kim»ning ongli fidoiyligi, favqulodda jasorat kuchi va muhimi, olijanob maqsad, unga erishishdan iborat sa’y-harakatlariga bog’liqdir. Shunday ekan, el-
yurtga muhabbat tuyg’usi A.Avloniyning ruhiga o’tli ilhom soladi, vujudiga adadsiz kuch-qudrat bag’ishlaydi: «Kishining kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurg’on narsa Vatan va bolachaqalarining mehru muhabbati emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinib qolg’oni kabi, inson suyukli narsasiga boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur…– deydi.
Zamonasining peshqadam ziyolisi bo’lgan A.Avloniy xalqning og’ir ahvolidan kuyinib, uning qismatini engillashtirish choralarini qidirib, buning dastlabki bosqichi kishilarni bilimli, ma’rifatli qilish, deb tushundi va butun ijtimoiy faoliyatini xalqni ma’naviy-marifiy ongini o’stirish va savodini chiqarish, o’z qadrini bilishi uchun ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarqatishga sarfladi. «Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To’g’ri yo’lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratdan mas’ul bo’lishimizga sabab bo’lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur… Ilmning foydasi shu qadar ko’pdirki, ta’rif qilg’on birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni ilm jaholat qorong’ulig’idan qutqarur, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosig’a chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur…», degan xulosaga keladi va Avloniy bunga astoydil ishonadi. «…Har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma’rifatga, hunar va san’atiga bog’liqdur…
«Ilm o’qumak har bir mo’’minu eru xotunga farz-dur», demishlar. Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, qimirlamaymiz. Boshqa millatlarning o’g’ullari, qizlari kecha demay, kunduz demay, qish demay, yoz demay ilm yo’lida jonlarini fido qilub, quvulub, yugurushub, ko’zlarimizni qamashdirub turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan, g’aflatdan boshimizni ko’tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payg’ambarlarimiz: «Olim bo’l, ilm talab qiluvchi bo’l yoki ilmni eshituvchi bo’l. Hech bo’lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo’l, beshinchisi bo’lma, haloq bo’lursan» demadilarmu?
Topar ilm ila odam o’g’li kamol, Eturmas kamola jamol ila mol. Kerak o’rtanur ilm uchun sham’dek, Tanimoq xudoni ilmsiz maqol…», –
deb yoshlarga pandu nasihatlar qilarkan A.Avloniy, navqiron avlodda o’zining «istiqboldan orzular»ini amalga oshiruvchi kuchni ko’rgan edi. Uning fikricha, xoh yigit, xoh qiz bo’lsin – bolaligidanoq ijtimoiy foydali, mustaqil fikr yuritishni o’rgansin. Shuning uchun ham u yoshlarni, «…aziz umrimizni o’yin-kulgi, safsata, maloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, gazeta va jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur», – deb ogohlantiradi.
A.Avloniy yoshlarning fikriy tarbiyasiga to’xtalar ekan, bu – muallimlarning diqqatlariga suyalgan,, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»,— deydi.
A.Avloniy bolalarni mustaqil mantiqiy fikrlashga o’rgatishda ularni adolatparvar, rosggo’y, insonparvar, vijdonli qilib tarbiyalash zarurligiga alohida to’xtalib, «insonning mohiyati vijdonidan bilinur» deydi. Uning fikricha, adolatni odamni doim vijdon harakatga keltirib turadi. Lekin kishi qanchalik adolatli bo’lmasin, yolg’iz o’zi hech bir natijaga
erisholmaydi: «Qishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas. Balki, o’zi bilan barobar jinsdoshlarining xato va fanoliqlarini tuzatmas va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur». Nihoyat, A.Avloniy adolatni va insonparvar bo’lishni muhim bir ijtimoiy zaruriyat sifatida talqin qiladi: «Har bir millatning taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog’i adolatga bog’liqdir. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidur».
«Til – aloqa vositasi» ekan, «so’z» – insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozusidur» Demak, kishi til vositasida boshqa kishiga «dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini» bir so’z bilan aytganda, o’zining ma’naviy qiyofasini ko’rsatadi. Shuning uchunA.Avloniy og’zaki nutq hamda adabiy til tozaligi masalalariga alohida diqqat-e’tibor bilan qaragan edi. «Har bir millatning dunyoda borlig’in ko’rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur». A.Avloniyning «Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kam qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Rus lisonin bilmak haet va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o’z erinda ishlatmak va so’zlamak lozimdur. Zigir yog’i solub, mosh-kichiri kabi qilub, aralashquralash qilmak, tilning ruxini buzadur», deb ona tilimizning sofligi to’g’risida behad qayg’urganligini tushunish qiyin emas, albatta Ayniqsa, A.Avloniyning yoshlarimizga ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan boy madaniy merosimizni va milliy tilni avaylash to’g’risida, «Bobolarimiz etushgan va yaratgan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O’z uyimizni qidirsak va oxtarsak, yo’qolganlarini ham topamiz. Yo’qolsa, yo’qolsun, o’zi boshimga tor edi, deb Ovrupo qalpog’ini kiyub, kulgi bo’lmak zo’r ayb va uyotdir…
Umummilliy tilni saqlamak ila barobar xususiy, og’iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur», deb xayqirganligini ma’naviy haetimizda ijobiy hodisa ekanligini va ayniqsa, bugngi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligini unutmasligimiz kerak, albatta.
Ilg’or ma’rifiy-tarbiyaviy va ta’limiy – ahloqiy g’oyalar bilan sug’orilgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari yangi usul o’zbek milliy maktablarida asosiy darsliklar qatoridan o’rin olgan bo’lsa, 1909-1917 yillar oralig’ida «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli 6 qismdan (I, II, III, IV juzlardan) iborat she’riy to’plamning hamda «Maktab guliston» darsligining nashr etilishi esa bu kitoblarning ijtimoiy-nafis qimmati benihoyat katta ekanligidan va muallifning ezgu maqsad yo’lidagi fidoiyligidan darak beradi, albatta. Bu darsliklarda ifodali o’qishning qator shakllari – ifodali o’qish (individual o’qish), xor bo’lib o’qish, rollarga bo’lib o’qish kabilar beriladiki, bunda bolalarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy so’zlashuvga o’rgatish nazarda tutiladi. Ifodali o’qishning ta’sirchan shakllaridan biri xor bo’lib o’qishga Abdulla Avloniy katta ahamiyat berdi . Shu munosabat bilan u o’z she’rlarini xalq ashulalariga uyg’unlashtirdi va bolalarni xor bo’lib o’qishga o’rgatish uchun alohida she’rlar bag’ishladi, masalan,uning barmoq vaznida yozilgan «To’y haqida» she’ri «Reza» kuyiga solib o’qiladi. Bu haqda shoir o’quvchilarga quyidagicha uslubiy ko’rsatmalar beradi: «Reza kuyi – milliy kuylardan biri!»
Otma mani toshlar bilan yor-yor-yor-u,
Uchib ketay qushlar bilan yor-er-yor-u.
Shu kuyga solinib, milliy she’rdan bir bayt bir kishi tarafidan o’qulub, so’ngidan ko’p kishilar tarafidan ho’r, sozlar ila jo’r qilub ikki bayt o’qulur».
Ma’lumki, bolalarga ifodali o’qishni o’rgatish adabiy o’qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday o’qish adabiy matnni chuqur tushunishga olib boradi. Badiiy asarni chiroyli, ifodali qilib o’qish natijasida asar voqealari o’quvchi ko’zi oldida namoyon bo’ladi. Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo’lsa, tushunib o’qishga va badiiy asarni his qilishga ham shunchalik ko’p diqqat qilgan.
Jadidchilikni gazetalar nashr etishdan boshlagan Abdulla Avloniyning eng yaqin maslakdoshi Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929) ning faoliyati ham alohida diqqat-e’tiborga loyiqdir. U «Tarixiy ikki voqea» maqolasida usuli qadim tarafdorlari – eski maktabdorlarni qattiq tanqid qilib, maktab va madrasalarda o’quv-o’qitish usullarini isloh qilish shiori bilan chiqdi: «Aziz millat bolalarining ranglarin sap-sariq qilgan… ochlikdan tishlarin kirini so’rdirgan Buxoro va Xivadagi dahshatli, qorong’i, zax zindonlar eshigi buzuldi… Maktab va madrasa islohi desa, tishlarini qichirlatib, ko’zlarin olayturadurg’on maorif dushmani – sudrama chopon, jonli tegirmonlar… qozi qalon, qushbegi, oftobachi, tag’in nima balolar ismi ila shuhratlangan Buxoroning miqroblari… endi quvulurlar… Talabalarning yarim umrin to’zon qilib ko’kka uchurgan muqovasi qalin «Sharhi mullo»lar shoyad endi otilib tashlanurlar. Aning o’rniga shoyad yangi qoida ila yozilgan darsliklar o’qulur, ham o’qulur»91.
Murmuhsinning bunday hur fikrlari o’sha davrdagi jamoatchilik fikrini ostin-ustin qilib yubordi. Oqibatda «Turon» gazetasi yopilib„ A.Avloniydan gazeta chiqarmaslik haqida tilxat olindi. Mirmuhsinni mirshablar ushlab, yuziga qora surkab, eshakka teskari mindirgan holda bozor rastalarini aylantirib, sazoyi qildilar. Toshkent hokimi
Mirmuhsinga berilgan o’lim jazosini 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirdi. Oradan ko’p o’tmay, do’stlari va hamfikrlari ko’magida hibsdan qochishga muvaffaq bo’lgan. 2017- yilning 3-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ushbu uchrashuda madaniyat va san’at sohasida yuzaga kelgan ko’plab muammolar o’rtaga tashlandi. Mazkur yig’ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida so’z bordi, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g’oya, tashabbus va takliflar bildirildi: “Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o’ta muhim masala borki,unga alohida to’xtalib o’tish zarur deb bilaman, u ham bo’lsa, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog’liq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun, haqiqatdan ham, yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.” Shu ma’noda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy, balki noyob tarixiy-pedagogik, ta’limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi. Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir bor shunga iqror bo’lamizki, uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy, tarbiyaviy-g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniy asarlarining tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan- parvarlik g’oyalari va axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoq joiz. Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo’shdi. U Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan. Shuningdek, adib milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo’shganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Avloniy “ Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darsliklar yaratdi.Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifga chorlaydi. XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi muallim” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. Avloniy uni yozishda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” asariga suyanadi. Avloniyning “Ikkinchi muallim” asari “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atashimiz mumkin. Kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi: Maktab sizni inson qilur, Maktab hayot ehson qilur, Maktab g’ami vayron qilur, G’ayrat qilib o’qing,o’g’lon! Maktabdadur ilm-u kamol, Maktabdadur husn-u jamol, Maktabdadur milliy xayol, G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon! Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo’li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch deb maqtaydi. Shuning uchun tarbiya maskani ham maktab ekani ta’kidlanadi. Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari katta ahamiyatga molik axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida fikr haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmak kabidir” ,- deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi to’g’risida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. O’zbek pedagogikasi tarixida Avloniy- birinchi “Pedagogika”, ya’ni bola tarbiyasining fanidir” deb ta’rif berganlar. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo’limga ajratadi: 1. Tarbiyaning zamoni. 2. Badan tarbiyasi. 3. Fikr tarbiyasi. 4. Axloq tarbiyasi hamda uning ahamiyati xususida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. Avloniy, tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir. “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, - deb ta’kidlaydi. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq, deb ta’kidlaydi. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog’cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan iborat bo’ladi


Xulosa
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. Hozirgi kunda ushbu mavzu dolzarbligi haqida gapirsak, jadidlarning yetuk vakili Ismoilbek va uning davridagi jadidichilarning ma’rifatparvarlik g’oyalari haqidagi ma’lumotlar bilish, bugungi kunda ma’naviy hayotimizdagi qadr-qiymatini bilish uning ilmiy merosini asrashdek vazifalarni oldimizga qo’yadi. Ma'lumki, jadidchilik eng avvalo ma'rifatparvarlik harakati sifatida paydo bo'lgani uchun jadidlar o'z faoliyatlarini maktablar ochish, darsliklar yozish va matbuot nashrlarini chiqarish bilan boshladilar. Jadidlarning til, yozuv va imlo bilan bog'liq qarashlari ularning ana shu amaliy harakatlarida ham aks etgan edi. Bu xalqimizni ma’rifatli qilishga bo’lgan urunishlar edi Har bir millatning o’z ma’naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir. Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini, ma’naviy qiyofasini o’zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o’rni beqiyosdir. O’zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko’p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan, taniqli o’zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bo’lib hisoblanadi. Bu asarlardagi mukammal fikrlarning g’oyaviy to’liqligi, ta’lim-tarbiya tizimiga va tushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi fikrlarimiz dalilidir. Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning mukammal yaratuvhisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi ta’lim va tarbiyaga doir tushunchalarning, g’oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma’rifatparvar adib, serqirra ijodkor Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta’lim va tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she’riy lavhalar misolida yoxud majoziy xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko’zga tashlanadi. Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo’shdi. U Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan. Shuningdek, adib milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo’shganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandiXulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g’oyasining targ’ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida qimmatli bir manba bo’lib xizmat qiladi. Bu ulug’ adib ijodi, amaliy faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi, desak adashmaymiz Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog’cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan iborat bo’ladi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi. “Turkiy guliston yoxud axloq “asari ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Adib kitobda ilm haqida shunday deydi: “ Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat oliy, muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur”,-deydi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi. “Turkiy guliston yoxud axloq “asari ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Adib kitobda ilm haqida shunday deydi: “ Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat oliy, muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur” ,- deydi. Xulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g’oyasining targ’ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida qimmatli bir manba bo’lib xizmat qiladi. Bu ulug’ adib ijodi, amaliy faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi, desak adashmaymiz.


Yüklə 61,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin