Maktab direktori: A.Saidova
Urganch shahar 22-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2015 yil 19 yanvar Urganch shahri
Raislik qiluvchi: Maktab direktori; A.Saidova
Qatnashdilar:
MMIBDU N.Sapaeva, maxalla maslaxatchisi O‘ Xolmurodova 34-son maxalla imomi J. Niyazmetov, Maxalla otinoyilari G,Bobojonova R,Xaitboeva, Maktabning xuquq fani o‘qituvchisi S.Atajonov ,maktab etakchisi D.Saidova, sinf rahbarlar, o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari (107 nafar)
Kun tartibi:
O‘quvchilar orasida diniy mutaassib g‘oyalar tarqalishini oldini olish, milliyligimizga yot bo‘lgan “oq do‘ppi”, “qora xijob”larni qoralash, xozirgi kunga mos ravishda kiyinish madaniyatini targ‘ib etish
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab MMIBD o‘rinbosari N.Sapaeva so‘zga chiqib o‘quvchilarni missionerlik va prozelitizm g‘oyalari ta’siri ostiga tushib qolmasliklari, shuningdek bu illatlarni tub mohiyati va asl maqsadlarini yoshlarga kengroq tushuntirish lozimligini va bu borada barchani xushyorlikka chaqirdi.
SHundan so‘ng Xolmurodova O‘ xurmatli yurtboshimiz tomonidan o‘quvchilarni ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib yurt ravnaqiga xissa qushadigan o‘g‘il-qizlar bulib voyaga etishlariga ishonch bildirdi.
So‘ngra maxalla faollari birin-ketin suzga chiqib, milliyligimizga yot bo‘lgan “oq do‘ppi”, “qora xijob” ta’siri ostiga tushib qolmasliklari, internetdagi diniy saytlarning salbiy tomonlari to‘g‘risida xayotiy misollar bilan ma’lumotlar berdilar. Maxalla otinoyilari o‘quvchi qizlarga kiyinish madaniyati to‘g‘risida, o‘zbek qizlarining kiyinishi, ibosi, tartib intizomi xammaga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytib o‘tishdi.
Xuquq fani o‘qituvchisi S.Atajonov so‘zga chikib, haqiqatan ham o‘quvchilar orasida diniy mutaassiblikning (diniy fon) ta’siri ostiga tushib qolmasliklari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini
kuchaytirish, bunda o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarga sekta, missionerlik, prozelitizm, ekstrimizm tushunchalari xaqida ma’lumot berib, bunday oqimlar ta’siriga tushub qolmasliklarini bildirdi.
YUqoridagi masala yuzasidan maktab yig‘ilishi:
QAROR QILADI:
1. Xaftaning xar juma kunlari o‘qituvchilar tomonidan ko‘proq qiziqarli darslar,to‘garaklar, tadbirlar tashkil etilib samaradorligi oshirilsin.
2. Sinf rahbarlarga – ma’naviyat soatlarida noqonuniy diniy oqimlarning salbiy tomonlarini videolavxalar, slaydlar, bukletlar yordamida kengroq yoritilsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ N.Sapaeva zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: A.Saidova
Dostları ilə paylaş: |