Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə40/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
67-ta bayon lotin

Maktab direktori: N.Bobojonova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish


BAYONNOMASI

2021 yil 21 may Urganch shahri




Yig‘ilish raisi: Maktab direktori N.Bobojanova


Qatnashdi: Maktab direktori N.Bobojanova, ”Navruz” MFY raisi A.Xudayberganov, Viloyat IIB xodimi O.Atajanov, maktabning MMIBDO‘ B.Xasanova, O‘IBDO‘ G.Raximova, maktab etakchisi G.Bekchanova, psixolog M.Karimov va G.YUldasheva, ota-onalar va o‘quvchilar
Kun tartibi:
1. Yоzgi ta’til davrida yоl xarakati qoidalariga rioya qilish:
2. O‘quvchilar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;
3. Belgilanmagan joylarda suv xavzalariga tushmaslik;


Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori N.Bobojanova so‘zga chiqib, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, bolalar oromgoxlarga borib dam olishlarini, maktabda tashkil qilinadigan to‘garaklarga qatnashishini, qiziqarli kitoblar o‘qib ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish lozimligi xaqida o‘quvchilarga tushintirdi.
SHuningdek Viloyat IIB xodimi O.Atajanov, so‘zga chiqib, viloyatimiz bo‘yicha “Yul xarakati xafvsizligi” xodisalari kupayib borayotganligi bir qancha misollar bilan gapirib, yozgi ta’til davrida ota-onalar farzandlariga e’tiborli bo‘lishlari, yul xarakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini, ayniqsa kichik sinfda o‘qiydigan o‘quvchilarni yolg‘iz qolishiga yo‘l quymay oromgoxlarga, maktabda tashkil qilingan to‘garaklarga qatnashishini ta’minlab, belgilamagan joylarda suv xavzalariga tushmasliklarini, tungi soat 21.00 dan keyin ota-onalarisiz kuchada yurmasliklari xaqida ogoxlantirib, qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilar bilan yuzaga kelgan yo‘l xarakati xodisalari belgilanmagan joylarda suv xavzalariga tushganligi oqibatida sodir bo‘lgan xayotiy fojialar xaqida o‘quvchilarga gapirib berdi.
Maktabning MMIBDO‘ B.Xasanova suzga chiqib, xaqiqatan xam voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni kelib chiqishiga o‘quvchilarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, bush vaqtlarini mazmunli tashkil etilmaganligi yoki ota-onasining ma’suliyatsizligi sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
YUqoridagi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:

1. Ota-onalar yuqoridagi masalalar yuzasidan ogoxlantirilib, ota-onalar farzandlari uchun ma’sul ekaligi xaqida tushuntirish ishlari olib borilsin.


2. Voyaga etmaganlar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda o‘quchilarni yozgi ta’til davrida to‘garaklarga tortilishini yanada kuchaytirish xamda ularning ota-onalari bilan muntazam farzandining ta’lim-tarbiyasi va xulqi bo‘yicha suxbatlar o‘tkazib borish topshirilsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin