Urganch shahar 31-sonli maktabida yo‘l xarakati xavfsizligining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish B A YO N N O M A S I 2023 yil 25 Yanvar
Qatnashdi: Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, yo‘l harakati qoidalari togrisida fani o‘qituvchilari,Urganch shahri boyicha IIO FMB HPB VYMB inspektor psixolog kapitan A.I.Rahimov, CHKBT raxbari K.Atadjanov maktab psixologi N.Jumaniyozova 1-9- sinf o‘quvchilari.
KU N T A R T I B I: Urganch shahar xududida sodir bo‘layotgan yo‘l transport xodisalarining oldini olish maqsadida o‘quvchilarga bilim ko‘nikmalar berish, o‘quvchilarni yo‘l xarakati qoidalarni rioya qilishni o‘rgatish,yo‘l xarakati xavfsizligi tadbirlarida faol ishtirok qilish.
E SH I T I L D I: Siflar kesimida ushbu masala bo‘yicha MMIBDO‘ B.Xasanova o‘z so‘zida Urganch shahar xududida sodir bo‘laetgan yul transport xodisalarini oldini olish bo‘yicha o‘quvchilarga tushuntirish berdi U o‘z so‘zida shahar xududida maktab o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l xarakati xavfsizligi prafilaktikasi bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazish zarurligini aytib,ularga yul xarakati qoidalariga rioya qilish yo‘l xarakati xavfsizligini tushuntirishdan asosiy maqsad,e’tibor.. bolalar bilan bog‘liq yo‘l transport xodisalarini oldini olishga xarakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilganligini uqtirdi.Agarda yo‘l xarakati xodisalariga amal qilsak sog‘lom,barkamol avlod bo‘lib voyaga etishishimizga asos bo‘ladi deb takidlab o‘tdi.
Maktabning CHKBT raxbari K.Atadjanov qo‘shimcha qilgan xolda o‘quvchi yoshlarga yo‘l xarakati qoidalariga amal qilish xamda yo‘llarda transport vositalari xarakatida extiyot bo‘lish,baxtsiz xodisalarning oldini olish xaqida tushuncha berib ogox bo‘lishga xamda yo‘l xarakati qoidalariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuncha berdi.Yig‘ilish
Karor qiladi: 1. Xar bir o‘quvchining yo‘llarning piyodalar uchun ajratilgan zebra qismidan kesib o‘tishini,piyodalar yo‘lkasidan xarakatlanishini sinf raxbarlari tomonidan doimo uqtirib borilsin.
2. Xar bir o‘quvchi daftariga “Uydan maktabgacha, maktabdan uygacha ” bo‘lgan xavfsizlik ma’sofa sxemasini chizsin.
3. Navbatchilik guruxlarini tuzish va nazorat qilish ,navbatchilarni bayroqchalar bilan ta’minlash, tadbirlarini uyushtirish director orinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.