Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə55/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
67-ta bayon lotin

QAROR QILADI
MMIBDO‘ B.Xasanovavaga:
1. Ota-onalar ma’suliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasi xamda O‘zbekiston RespublikasiningTa’lim To‘g‘risidagi Qonunning 30-moddalari bilan tanishtirish;
2. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, maktabda va maktabdan tashqari massasalarda tashkil qilingan to‘garaklarga va mashg‘ulotlarga muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish vazifalari yuklatilsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Maktab direktori: N.Bobojanova.
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan
ko‘rik-tanlov
BAYONNOMASI
2018 yil 4 mart Urganch shahar


Qatnashdi: Maktab ma’muriyati, 34- son “Ziyokorlar” MFY maslahatchisi O‘.Xolmurodova., Ona tili va adabiyot uslubiy birlashmasi raxbari G.Bekchanova, maktab “Orasta qizlar” to‘garagi rahbari – vrach S.Erjanova, sinf rahbarlari, to‘garak a’zolari bo‘lgan qizlari;
KUN TARTIBI:

  1. Maktabning 6-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlov o‘tkazilganligi yuzasidan;

E SH I T I L D I:
Yig‘ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Xasanova kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqib, mazkur ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi qizlar o‘rtasida sharqona tarbiya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash va o‘ziga xos liboslari orqali tenglik, hamkorlik hissini uyg‘otish, ularning e’tiborini faqat o‘qish va o‘rganishga jalb etish, ta’lim muassasasiga bilim olish va o‘rganish uchun kelganligini dildan his etish, millatimizga xos bo‘lgan liboslar orqali ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni yaratish, jamoa orasida o‘z bilimini, yurish-turishini, kiyiynish odobi, yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyati namunaviy turmush tarzi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari lozimligi haqida keng tushuncha va tavsiyalar berish vazifalarni amalga oshirish belgilangani to‘g‘risida gapirdi.
SHundan so‘ng maktabning 8-9 sinf o‘quvchi qizlari “Umumta’lim maktablari o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Orasta qizlar”respublika ko‘rik tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida belnilangan 3-shart bo‘yicha bellashdilar.
SHuningdek, maktabimizda o‘quvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanib, qizlar ota-onalar va ustozlar ishonchini oqlash uchun faqat va faqat o‘qib o‘rganishlari, ta’limning maktabdan keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirishlari, kasb- hunar va ilm- fan sirlarini puxta egallab, kelajakda Vatan koriga yaraydigan komil insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari kerak, degan fikrlarni bildirdi.
SHu o‘rinda maktabning 9-E sinf o‘quvchisi Gulasal Jasurbekova, 1-o‘rinni egallab shaxar bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin