Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi


Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə57/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
67-ta bayon lotin

Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish

BAYONNOMASI
2019 yil 05 mart Urganch shahri


Yig‘ilish raisi: N. Bobojanova, maktab direktori


Qatnashdi: SHaxar harbiy qismidan vakillar, MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, o‘qituvchilar, o‘quvchilar


Kun tartibi:



  1. O‘quvchilarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan davra suxbati.



Eshitildi:

Kun tartibidagi masala yuzasidan Maktab direktori N.Bobojanova o‘z so‘zida, qulay va jozibador biznes muhiti – tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning muhim omillardan biri ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.


Bu yig‘ilishni o‘tkazishdan maqsad, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni ezgulik ruhida tarbiyalash, yot g‘oyalarning girdobiga tushib qolmasliklarining oldini olish, o‘z milliy g‘oyamizning mazmun-mohiyatini, hech kimdan kam bo‘lmagan millat, yurt farzandlari ekanliklarini ularning onglariga singdirish omillari to‘g‘risida maslahatlashib olishdir.
Biz bugungi kunda tinch va osoyishta yurtda, barcha sohalarda barqaror rivojlanib borayotgan mamlakatda yashamoqdamiz. SHu bilan birga globallashuv jarayoni, jahon sivilizatsiyasining shiddat bilan o‘sib borishi kabi omillar-bizni nihoyatda ogoh bo‘lishga undaydi. Ana shu ogohlikni o‘quvchi-yoshlarimizga ham o‘rgatish, yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini tahlil qila oladigan, faqat o‘z hayoti, kelajagi uchun foydali bo‘lgan amallarni bajaradigan qilib tarbiyalash-siz va bizning zimmamizdadir. Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoevning “YOshlarning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so‘zlari biz uchun dasturilamal bo‘lmog‘i lozim.
Muhtaram Prezidentimiz aytganlariday, mustaqil fikrlaydigan, oq bilan qorani, yaxshi bilan yomonni, o‘z milliy g‘oyamiz bilan yot g‘oyalarni ajrata oladigan yoshlarni tarbiyalashimiz uchun biz kattalarning oldimizda qanday vazifalar turibdi? Umuman, yoshlarimiz oldida turgan asosiy xavf-xatarlar nimalardan iborat? Biz bugun ana shu haqda o‘zaro fikr almashamiz.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish


QAROR QILADI

1. O‘quvchilarning qiziqishiga alohida jadval asosida harbiy qismlarga ekskursiyalarni tashkil etish.


2. O‘quvchilarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
3. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin