Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
67-ta bayon lotin

Maktab direktori: N.Bobojonova


Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish BAYONNOMASI


2021 yil 13 Sentyabr Urganch shahri


Yig‘ilish ishtirokchilari: Maktab direktori N.Bobojonova, MMIBDO‘ B.Xasanova, B.YUsupov,
Psixolog N.Jumaniyozova ,xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Xadjaeva.

1. Maktab kizlari o‘rtasida " Din va Ma’rifat" "Din tarixi" "Libos va Xijob" masalalari mavzusida aloxida suxbatlar olib borish


Kun tartibidaga masala yuzasidan MMIBDO‘ B Xasanova o‘z so‘zida maktabda ta’lim – tarbiya olayotgan o‘quvchi qizlarni tashabbuskorlik , mehnatsevarlik, miliy g‘urur, odob, vatanparvarlik, kabi hislatlar orqali o‘z vataniga sodiq inson qilib tarbiyalash kerakligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Voyaga etmaganlarning vijdon erkinligini ta’minlanishi, hamda ularga diniy ta’limotdan saboq berish tartibiga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratilishi, YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, dunyoviy ilmi va ahloqiy saviyasini oshirish, mustaxkam tafakkurni shakllantirish avvalo oiladan boshlab shakllantirilishihaqida aytib o‘tdi. Bu o‘rinda maktabda din tarixi darslarini o‘rni kattaligi va mahallaning ayniqsa oilaning ya’ni ota-onalarning roli ayniqsa kattaligi , ular o‘z farzandlariga diniy bilimlarni oiladan boshlab o‘rgatish va qizlarga ta’sir o‘tkazishi va shu bilan bir qatorda maktab bilan hamkorlik qilishlari to‘g‘risida aytib o‘tdi.Xozirgi kunda maktab raxbarlari, pedagog xodilari, ota-onalar qo‘mitasi, maxalla jamoatchilikning asosiy vazifalaridan biri ekanligini gapirib, o‘quvchilarni maktabda va maktabdan tashqari davrlarda xarakatlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishni yanada kuchaytirish. Ularni maktabdan va sinfdan tashkari to‘garaklar, jamoat ishlariga jalb qilgan xolda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish lozimligini aytib o‘tdi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Xadjaeva maktab kizlari o‘rtasida " Din va Ma’rifat" "Din tarixi" "Libos va Xijob" masalalari bo‘yicha quyidagilarga to‘xtaldi xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasidan boshqa xech qaysi davlatda dinlarga katta xurmat e’tibor qaratilmaganligi bu borada har bir dinga e’tiqod qiluvchilar uchun sharoitlar yaratilganligi va mamlakatimiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli Baynalminal markazlar tashkil etilganlgiga to‘xtalib o‘tdi . Din bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimizga butun dunyo mamlakatlari xavas bilan qarashini aytib o‘tdi
Kun tartibidagi masala yuzasidan muzokaralarda maktab pedagoglari N. Djobborova, G YUldashevalar o‘z takliflari, fikr – muloxazalarini bildirdilar..
YIG‘ILISH QAROR QILADI:

1 Yig‘ilish ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Maktabda voyaga etmagan qizlarlar o‘rtasida " Din va Ma’rifat" "Din tarixi" "Libos va Xijob" masalalari mavzusida aloxida suxbatlar olib borilsin
3. Ushbu karorning bajarilishini nazorat kilish vazifasi maktab MMIB direktor o‘rinbosari B Xasanova zimmasiga yuklatilsin.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin