Kun tartibi:
“Sog‘lom farzand – kelajak poydevori” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan MMIBDO‘ B.Xasanova so‘zga chiqib, “Sog‘lom farzand – kelajak poydevori” qabilida har bir farzandining baxtu-saodati, ma’naviy sog‘lom, istiqboli porloq, kelajakdagi mustaqil hayotidagi ham moddiy jihatdan sog‘lom bo‘lib voyaga etishishida ota-onaning o‘rni va roli to‘g‘risida aytib o‘tdilar.
“Sog‘lom farzand – kelajak poydevori” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati davomida mavzu yuzasidan tayyorlangan videolavhalar namoyish etildi.
Tadbir maktab ma’muriyati va ota-onalar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
1..O‘quvchilarga “Sog‘lom farzand – kelajak poydevori” mavzusida referatlar tayyorlatish.
2. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: N. Bobojanova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 16 mart Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N. Bobojanova, maktab direktori
Qatnashdi: MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari M.Karimov, G.YUldasheva, o‘qituvchilar, o‘quvchilar ota-onalari
Kun tartibi:
Maktab “O‘quvchi yoshlar teatri” to‘garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan MMIBDO‘ B.Xasanova so‘zga chiqib, farzand tarbiyasi masalasida qiynalayotgan ota-onalarga “Oila” markazi malakali mutaxassislari hamda psixologlar tomonidan ko‘maklashish kerakligini aytib o‘tdilar. Maktab “O‘quvchi yoshlar teatri” to‘garagi a’zolari tomonidan “Adashganlar” tayyorlangan spektakli sahna ko‘rinishini namoyish etdilar.
SHuningdek, shahar madaniyat bo‘dimi tomonidan ma’rifatparvar adib M.Behbudiyning “Padarkush” va “O‘qimagan bola holi” dramasi asosida ham spektakllar namoyish etildi.
Bu namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari orqali o‘quvchilar o‘zlariga yaxshi xulosalarni chiqarib oldilar.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
1. O‘quvchilarning tarbiyasini shakillantirish bilan bog‘liq sahna ko‘rinishdarini ko‘proq namoyish etilsin.
2. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |