Maktab direktori: N. Bobojanova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 19-20 mart Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N. Bobojanova, maktab direktori
Qatnashdi: MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari M.Karimov, G.YUldasheva, o‘qituvchilar
Kun tartibi:
Maktab o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar, shu jumladan tarbiyasi og‘ir bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlash masalalariga oid davra suhbati.
Eshitildi:
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilishda MMIBDO‘ B.Xasanova so‘zga chiqib, bizning bolalarga bo‘lgan dastlabki yondashuvimiz ularning qanday inson bo‘lib voyaga etishlari, jamiyatda qanday harakatlanishlari o‘qituvchilar oldida katta vazifa ekanligini aytib o‘tdilar.
QAROR QILADI
1.
2. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: N. Bobojanova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 29 oktyabr Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N.Bobojonova, maktab direktori
Qatnashdi: Maktab direktori N Bobojonova MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari N.Jumaniyozova ,CHKTB raxbari K.Atajanov o‘qituvchilar, o‘quvchilar,
Kun tartibi:
O‘quvchilar o‘rtasida yong‘inlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilish
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan Urganch shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi smena boshlig‘i so‘zga chiqib yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutasaddi xodimlar tarkibidan iborat komissiya tuzish, ushbu komissiya tomonidan ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar olib bordi.
YOng‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ta’limning joylardagi boshqaruv organlari va muassasalarida komissiyalar tuzish, rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishini komissiya yig‘ilishida muxokama qilinib, muassasa rahbarlarining hisobotlarini eshitish va tanqidiy ko‘rib chiqib baholab borish, ta’lim muassasalarida gaz, elektr, isitish moslamalari va suv ta’minoti manbalarini (gidrantlar, rezervuarlar, suv xavzalari, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklarini) xolati va sozligiga alohida e’tibor qaratib, chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tushintirib o‘tdilar.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
1.O‘quvchilar tomonidan yong‘in xavfsizligiga qarshi tadbirlar tashkil etilsin;
2.O‘quvchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligiga doir diktant va insholar olinsin.
3. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |