Maktab direktori: N.Bobojonova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 19 noyabr Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N.Bobojonova, maktab direktori
Qatnashdi: MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari N.Jumaniyozova,CHKTB raxbari K.Atajanov , o‘qituvchilar, o‘quvchilar,
Kun tartibi:
“YOng‘in xavfsizligi-bolalar tasavvurida” rasmlar ko‘rik-tanlovi.
Eshitildi:
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilishda MMIBDO‘ B.Xasanova so‘zga chiqib, YOng‘in xavfsizligi oyligida “YOng‘in xavfsizligi-bolalar tasavvurida” rasmlar ko‘rik-tanlovida yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutasaddi xodimlar tarkibidan iborat komissiya tuzish, ushbu komissiya tomonidan ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan gapirib o‘tdilar. Ta’lim muassasalaridagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish, yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishining har bir holati bo‘yicha puxta tekshiruvlar o‘tkazib, yong‘in ro‘y berishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qonun xujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish, joylardagi Davlat yong‘in nazorati organlarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘quv muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish va tushuntirish ishlarini kuchaytirish kerak.
Ko‘rik tanlovda qatnashgan o‘quvchilar orasidan g‘oliblar aniqlanib taqdirlandilar.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
O‘quvchilar tomonidan “YOng‘in xavfsizligi-bolalar” tasavvurida rasmlarini chizish;
Tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar munosib tagdirlansin.
3 .Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |