Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 15 mart Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N.Bobojonova, maktab direktori
Qatnashdi: Maktab direktori N Bobojonova MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari M.Karimov, G.YUldasheva , o‘qituvchilar, o‘quvchilar,
Kun tartibi:
1.YOng‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati.
Eshitildi:
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilishda profilaktika inspektori O.Atajonov so‘zga chiqib, ta’lim muassasalaridagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish, joylardagi Davlat yong‘in nazorati organlarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘quv muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishining har bir holati bo‘yicha puxta tekshiruvlar o‘tkazib, yong‘in ro‘y berishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qonun xujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish, joylardagi Davlat yong‘in nazorati organlarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘quv muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yong‘in xavfsizligi burchaklarini tashkil etish hamda birlamchi zaruriy o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilishiga erishish bo‘yicha tushuntirib o‘tdilar.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
O‘quvchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligiga qarshi bellashuvlarnilarni tashkil etish;
Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |