Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə69/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
67-ta bayon lotin

Maktab direktori: N.Bobojonova
Urganch shahar 31- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
Qatnashdi: 20 may, 2019 yil
Maktab ma’muriyati, “Navro‘z” mahallasi profilaktika inspektori O. Atajonov, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, 5-6-7-8-9- sinf o‘quvchilari;
K U N T A R T I B I :

  1. Maktab o‘quvchilari bilan “ Giyohvandlik – asr muammosi” mavzusida davra suhbati;

E SH I T I L D I:
Yig‘ilishni maktab direktori N.Bobojanova boshqardi. Qatnashchilarni kun tartibidagi masala va yig‘ilish mehmonlari bilan tanishtirdi: Ma’lumki, Respublikamizda muntazam ravishda “Giyohvandlikka qarshi kurash” bilan bog‘liq chora- tadbirlar amalga oshirilib, bunda viloyatimizning barcha jabhalarida giyohvandlik va uning zararli oqibatlari, narkomaniya u bilan shug‘ullangan odamlarning hayoti nima bilan boshlanib, oxiri nima bilan yakun yasalishi to‘g‘risida barcha joylarda suhbatlar olib boriladi. SHuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida olib boriladigan ishlar samaradorligi yanada kuchaytirish, bunday salbiy holatlar bo‘lmasligi uchun tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlik yanada kuchaytirilgan, degan ma’lumotlarni berdi.
Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B .Xasanova o‘z so‘zida Dunyoga kelib, kamol topar ekan,har bir odam yoshligidan ezgu orzular bilan yashaydi, halqiga vataniga foydasi tegadigan inson bo‘lib etishishni o‘ylaydi. Bu ayni paytda uning ko‘nglida komil inson bo‘lish ishtyoqi borligidan dalolat bo‘lib, o‘zining jismoniy va ma’naviy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish imkoni bo‘ladi.Mustaqil O‘zbekistonimizda yoshlarni tarbiyalashda, milliy vatanparvarlik, milliy g‘urur iftixor ruhida kamol toptirar ekanmiz, ularga Najmiddin Kubro, Muqanna, SHiroq kabi ajdodlarimiz mardlik, botirlik, rahbarlik borasida, Imom Buxoriy, Bahovaddin Naqshband dinu- diyonat bobida, Alisher Navoiy va Bobur kabi mutafakkirlarimizni ma’naviy va insonparvarlik borasida barchamiz uchun komillik timsoliga aylanib qolganini tan olamiz. Demak, bizning qonimizda ota – bobolarimizning qoni borligini qayta – qayta aytish, ta’kidlash kerak. O‘quvchilarga har tomonlama sog‘lom bo‘lishlik uchun ham ma’nan, ham jismonan etuk sog‘lom avlodni shakllantirishda bor kuchimizni ayamasdan tegishli tashkilotlar bilan profilaktika ishlarini olib borishlik, targ‘ibot – tashviqot ishlarini yanada jonlashtirishni, bu bo‘yicha mahalla, ota – onalar, militsiya tayanch punktlari bilan hamkorlikda tadbirlar olib borish maqsadga muvofiq, -degan fikrlarni bayon etdi.
“Navro‘z” mahallasi profilaktika inspektori O. Atajonov o‘z so‘zida bolalarga tarbiyani to‘g‘ri va to‘liq berish, uning o‘sib voyaga etishi bilan uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini tug‘dirish lozimligi, farzandlar ota-onasi, ustozlari orasida shunday fazilat egasi bo‘lishsinki, har doim ota-onam, ustozlarim va yaqinlarim men uchun jon kuydirar ekan, men nima uchun yomon yo‘ldan bormog‘im kerak, aksincha ona Vataniga sodiq o‘g‘lon bo‘lib etishishida o‘ziga o‘zi mustahkam poydevor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin