Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish qaror qabul qiladi:
1. Maktabda “Giyohvandlikka qarshi kurash” bilan bog‘liq amaliy chora- tadbirlar o‘quvchilar faolligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilsin.
2. Mazkur masalaga oid amalga oshiriladigan tadbirlar nazorati MMIBDO‘ zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: N. Bobojanova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 25 aprel Urganch shahri
Qatnashdi: Maktab direktori N.Bobojonova,
Urganch shaxar 21-son maxalla inspektor O.Atajanov, MMIBDO‘ B.Xasanova,
O‘IBDO‘ G.Raximova, maktab psixologi M.Karimov,
maktab etakchisi G.Bekchanova, sinf raxbarlar, o‘quvchilar.
Kun tartibi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” bo‘yicha o‘quvchi yoshlarga jinoyatga jazo muqarrarligini tushuntirish, voyaga etmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida suhbatlashish;
“O‘quvchi” tadbiri yuzasidan maktabda targ‘ibot ishlari;
Eshitildi:
Ushbu masala buyicha maktab direktori N. Bobojonova joriy o‘kuv yilida o‘quvchilarning xuquqiy savodxonligini oshirish, xuquqiy ong va madaniyatini shakllantirish xamda ularni qonunlarga itoatkorlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish maqsadida maktabda huquq fani o‘qituvchisi G.Bekchanova rahbarligida “Xuquqiy savodxonlik burchagi” tashkil etildi. Sentyabr oyi soni uchun O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun moddalaridan namunalar joylashtirildi. Tarix fani o‘qituvchisi N.YUldasheva va huquq fani o‘qituvchisi G.Bekchanova tomonidan maktabning 7-8 sinf o‘quvchilariga mazkur qonun mazmuni yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bu jarayon sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarga etkazish misolida davom ettirilmoqda. Keyingi oylarda reja asosida o‘quvchilarning xuquq va majburiyatlari xaqidagi turkum maqolalarni, 11 yillik majburiy ta’lim, ”Voyaga etmaganlar nazoratsizligi va xuquqbuzarliklarining profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun moxiyatini ochib berishga qaratilgan ma’lumotlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Har bir sinf rahbari “O‘quvchilarning odob- axloq qoidalari” bilan uz sinfidagi barcha o‘kuvchilarni tanishtirgan. SHuningdek, o‘quvchilarning maktabga belgilangan o‘quvchi kiyimida, ortiqcha buyumlarsiz, faqat dars jadvaliga ko‘ra darsliklar va daftarlari bilan kelishlarini, maktabda mobil telefoni va internetdan foydalanish tartibiga rioya qilishlarini muntazam nazorat qilish maktabda hafta davomida navbatchilik qiladigan sinf rahbari va yoshlar etakchisi G. Bekchanova tomonidan amalga oshirilishi xamda MMIBDO‘ B.Xasanova nazoratida bo‘lishi yo‘lga qo‘yilgan. Maktabda barchaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari”ga qat’iy rioya etishlarini nazorat qilish va ta’minlash sinf rahbarlari uslubiy birlashma raisi A.Ollozarova zimmasiga yuklatilgan. ”Eng faol o‘quvchi”va “Eng faol sinf”nominatsiyasi g‘oliblarini muntazam e’lon qilib borish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish oyma - oy boshlang‘ich sinflar va yuqori sinflarda alohida yakunlar bo‘yicha sarhisob qilib boriladi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish,
QAROR QILADI
1. Sinf raxbarlarga ukuvchilarning davomatini kattik nazorat kilish yuklatilsin.
2. Ukuvchilarning tugarak mashgulotlariga doimiy katnashishi nazoratga olinsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |