Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinflarda o‘tkazilgan yig‘ilish BAYONNOMASI
2021 yil 4 fevral Urganch shahri
Yig‘ilish ishtirokchilari: MMIBDO‘ lar B.Xasanova, B.YUsupov
, CHQTB rahbari K.Atajanov,
va 9A, 9 B, 11A sinf o‘quvchilari
Urganch shahar maktablaridan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 26 sonli maktablarida bo‘lgan 11-sinf o‘quvchilari tamonidan sodir bo‘lgan xuquqbuzarliklar va ularni oldini olish uchun tushuntirish ishlari olib borilganligi to‘g‘risida.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori o‘rinbosari MMIBDO‘ B.Xasanova o‘z so‘zida, hech bir millat yoki davlat yoshlarsiz taraqqiyotga erisha olmaydi, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun zarur sharoitlar, yangidan-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat,san’at va sport maskanlari barpo etilayotganini,bundan har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod to‘g‘ri xulosa chiqarib yaxshi o‘qishga intilishi shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishlari, kelajakda yurtimiz uchun jon fido qiladigan shaxslar bo‘lib kamol topishligi haqida gapirib, Prezidentimiz SH.M.Miromanovichning “Biz ta’lim tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faolitini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” degan so‘zlarini ham ta’kidlab o‘tdi .Joriy yilning 2 fevral sanasida 11 sinf o‘quvchisi va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal kelib chiqib 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchisiga og‘ir turdagi tan jarog‘ati etkazib qo‘yadi .YAna huddi shunday holat 26 sonli maktabda ham bo‘ladi .SHunday ekan bunday mudxish xolatlar bizning ta’lim dargohimizda bo‘lmasligini va ularning bo‘sh vaqtlarini unumli sarflanishiga ,o‘quvchilarni tarbiyasida maktab bilan birgalikda ota-onalar va mahalla ham ma’sul ekanligini, o‘n bir yillik ta’limning majburiyligi va afzalliklari to‘g‘risida to‘xtalib, kelajakda biron bir kasb-xunar egasi bo‘lishi uchun davlatimiz tomonidan xamma sharoitlar yaratilayotganligini, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktablarda fan, sport, gulchilik, tikuvchilik va boshqa ko‘plab to‘garaklar muntazam faoliyat olib borilayotganligini aytdi.
CHQTB rahbari K.Atadjanov o‘z so‘zida haqiqatdan ham xozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini xech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib kelayotgani, bunday keskin taxlikali sharoitda biz ustoz-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-kuy bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerakligini, bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz,buning uchun ta’lim sohasida ustoz murabbiylar, ota-onalar, maxalla yoshlar bilan birgalikda ko‘proq shug‘ullanib, suxbatlar olib borish, ularning qalbiga quloq solish dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berish kerakligini gapirib o‘tdi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish