Maktab direktori: N.Bobojanova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
2020 yil 14 yanvar Urganch shahri
Yig‘ilish ishtirokchilari: Maktab direktori N.Bobojonova, MMIBDO‘ B.Xasanova, CHKTB raxbari K.Atadjanov,
Maktab etakchisi G.Bekchanova o‘qituvchi Masharipova M,
va 8A-8B- sinf o‘quvchilari
”O‘zbegimni mard yigitlari” mavzusidagi tadbir to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Maktab direktori N.Bobojanova o‘z so‘zida, hech bir millat yoki davlat yoshlarsiz taraqqiyotga erisha olmaydi, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun zarur sharoitlar, yangidan-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat,san’at va sport maskanlari barpo etilayotganini,bundan har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod to‘g‘ri xulosa chiqarib yaxshi o‘qishga intilishi shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishlari, kelajakda yurtimiz uchun jon fido qiladigan shaxslar bo‘lib kamol topishligi haqida gapirib, Prezidentimiz SH.M.Miromanovichning “Biz ta’lim tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faolitini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” degan so‘zlarini ham ta’kidlab o‘tdi.
SHu masala yuzasidan MMIBDO‘ B.Xasanova o‘z so‘zida O‘lkamiz bo‘ylab 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni keng nishonlanmoqda . O‘quvchilarni tarbiyasida maktab bilan birgalikda ota-onalar va mahalla ham ma’sul ekanligini, o‘n bir yillik ta’limning majburiyligi va afzalliklari to‘g‘risida to‘xtalib, kelajakda biron bir kasb-xunar egasi bo‘lishi uchun davlatimiz tomonidan xamma sharoitlar yaratilayotganligini, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktablarda fan, sport, gulchilik, tikuvchilik va boshqa ko‘plab to‘garaklar muntazam faoliyat olib borilayotganligini aytdi.
CHKTB raxbari K.Atajanov o‘z so‘zida haqiqatdan ham xozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini xech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib kelayotgani, bunday keskin taxlikali sharoitda biz ustoz-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-kuy bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerakligini, bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz,buning uchun ta’lim sohasida ustoz murabbiylar, ota-onalar, maxalla yoshlar bilan birgalikda ko‘proq shug‘ullanib, suxbatlar olib borish, ularning qalbiga quloq solish dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berish kerakligini gapirib o‘tdi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
Dostları ilə paylaş: |