Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi


Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə24/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
67-ta bayon lotin

Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI


2021 yil 27 oktyabr Urganch shahri


Yig‘ilish ishtirokchilari: 21-son maxalla raisi A.Xudayberganov va mutaxasis B.Qo‘chqorova, Maktab MMIBDO‘ B.Xasanova, O‘IBDO‘ G.Raximova,
o‘qituvchilar psixolog M.Madrimova,
va yuqori sinf o‘quvchilari


Kun tartibi:
YOshlar va o‘quvchi-qizlarning salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, xamda o‘quvchilar orasida “Ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi milliyligimizga xos bo‘lmagan g‘oya va tushunchalarning tarqalishini, “Erta nikohning salbiy oqibatlari ”Odam savdosi” kabi illatlarni oldini olish;
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDU B.Xasanova so‘zga chiqib, xozirgi davr texnika asri bo‘lganligi sababli, internet orqali foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli illatlarni kirib kelayotgani achinarli xol ekanligini va shular jumlasiga “Ommaviy madaniyat” kabi illatlar kirishini, bu illat ayniqsa o‘quvchilar ongini zaxarlab, ularning mentalitetimizga mos bo‘lmagan kiyimlar kiyishga, o‘g‘il bolalarning soch turmaklari qizlarnikiga o‘xshab xar-xil nojo‘ya xatti-xarakatlar qilishiga olib kelishini aytdi.
SHundan so‘ng 21-son maxalla raisi A.Xudayberganov so‘zga chiqib, “Odam savdosi” masalasi xam inson qadr qimmatiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyat bo‘lib, u o‘z domiga yosh qizlarni, ayollarni ,bolalarni tortayotganini, har yili taxminan 2mln 800ming inson odam savdosi qurboniga aylanishini aytib, shuningdek bu illatlarni tub mohiyati va asl maqsadlarini yoshlarga kengroq tushuntirish lozimligini va bu borada barchani xushyorlikka chaqirdi.
So‘ngra 21-son maxalla mutaxasisi B.qo‘chqorova o‘quvchilarga erta nikoxning salbiy oqibatlari to‘g‘risida batafsil gapirib.bunday salbiy holatlarning oldini olishda o‘z maslaxatlarini ayamasliklarini bildirdilar.
O‘quvchilardan 9-A sinf o‘quvchisi Bozorboeva Bonu bugungi kun ruxi bilan yashayotgan, ertangi kun ishonchini his qilayotgan tengdoshlarini “Odam savdosi”, “Ommaviy madaniyat”, illatlar domiga tushmasdan, o‘z oldilariga qo‘yilgan ezgu maqsadlar sari intilib kelajakda vatan ravnaqiga xissa qushadigan o‘g‘il-qizlar bulishga chorladi. So‘ngra o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga yig‘ilish mexmonlaridan javob oldilar.
YUqoridagi masalalar yuzasidan maktab yig‘ilishi:
QAROR QILADI:
1. Tasviriy sa’nat o‘qituvchilaga-“Odam savdosi davr muommosi” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil qilinsin.
2. Ma’naviyat soatlarida o‘quvchilar tomonidan “Ommaviy madaniyat”ning salbiy tomonlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari tayyorlanib namoyish qilinsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ B.Xasanova zimmasiga yuklatilsin.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin