Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə28/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
67-ta bayon lotin

M A ‘ L U M O T N O M A

Joriy o‘kuv yilida o‘quvchilarning xuquqiy savodxonligini oshirish, xuquqiy ong va madaniyatini shakllantirish xamda ularni qonunlarga itoatkorlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish maqsadida maktabda MMIBDU B.Xasanova rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”ga muvofik maktab psixologlari N.Jumaniyozova va O.Zokirov maktab etakchisi G.Bekchanova tomonidan maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga mazkur qonun mazmuni yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bu jarayon sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarga etkazish misolida davom ettirilmoqda. Keyingi oylarda reja asosida o‘quvchilarning xuquq va majburiyatlari xaqidagi turkum maqolalarni, 11 yillik majburiy ta’lim, ”Voyaga etmaganlar nazoratsizligi va xuquqbuzarliklarining profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun moxiyatini ochib berishga qaratilgan ma’lumotlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan.


Har bir sinf rahbari “O‘quvchilarning odob- axloq qoidalari” bilan uz sinfidagi barcha o‘kuvchilarni tanishtirgan. SHuningdek, o‘quvchilarning maktabga belgilangan o‘quvchi kiyimida, ortiqcha buyumlarsiz, faqat dars jadvaliga ko‘ra darsliklar va daftarlari bilan kelishlarini, maktabda mobil telefoni va internetdan foydalanish tartibiga rioya qilishlarini muntazam nazorat qilish maktabda hafta davomida navbatchilik qiladigan sinf rahbari va yoshlar etakchisi G.Bekchanova tomonidan amalga oshirilishi xamda MMIBDO‘ B.Xasanova nazoratida bo‘lishi yo‘lga qo‘yilgan. Maktabga besabab kelmagan o‘quvchilar bilan aloxida ishlash usullari ya’ni ularning ota –onalarini ma’suliyatini oshirish maqsadida ularning uylariga borib o‘rganilmoqda.Xar kuni sinflarda alohida yakunlar bo‘yicha sarhisob qilib boriladi.

Maktab direktori : Bobojanova
22-son maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2015 yil 18 oktyabrdan 23 oktyabrgacha “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi. Tanlov uch bosqichda insho, bayon va rasmlar tanlovi asosida o‘tkazildi. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Inson huquqlari eng oliy qadriyat”, “Men obod yurt farzandiman” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi.
6-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida bayon va rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov natijalari ishchi gurux tamonidan xaqqoniy baxolanib quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qulga kiritdilar;
Insholar tanlovida:
faxrli I - o‘rinni Komilova Bibimariyam,
II-o‘rinni Raximberganova Dilrabo,
III-o‘rinni Ganjaeva Gulruxsoralar egalladi.
Bayon yunalishida
faxrli I-o‘rinni Ismoilova Oygul
II-Ataboeva Sevinch,
III-o‘rinni Avzmatov SHoxrux,
Rasm tanlovi buyicha
I- Quchqarova Gulasal
II-urinni Abdullaev Abdulla,
III-o‘rinni Komilov Jaxongirmirzolar egallashdi.
G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni maktab direktori faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Faxrli 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarga shaxar bosqichiga yullanma berildi.
Maktabda o‘quv yili davomida fan, sport, musiqa tugaraklari faoliyat olib boradi. O‘quvchilarni kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxonlar bayrami” tadbirlari o‘tkazilib kelmoqda.
Joriy yilda “Mustaqillik madxi bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar kurik-tanlovida o‘quvchimiz Ma’rifat YUsupova faol ishtirok etib, Respublika bolalar kutubxonasi direktori D.Urolovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin