Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2023 yil 23 Fevral Urganch shahri
Qatnashdi: Maktab direktori v.v.b K.Atadjanov,
Urganch shaxar 21-son maxalla inspektor X.Atajanov, MMIBDO‘ B.Xasanova,
maktab psixologi N.Jumaniyozova,
, sinf raxbarlar, o‘quvchilar.
Kun tartibi:
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni ijrosini o‘quv jarayonlarining Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilishi to‘g‘risida .
O‘quvchilar davomatini ta’minlanishi va moddiy texnika bazasidan samarali va oqilona foydalanish to‘g‘risida;
Eshitildi:
Ushbu masala buyicha maktab direktori v.v.b K. Atadjanov joriy o‘kuv yilida o‘quvchilarning xuquqiy savodxonligini oshirish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respkblikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzlksizligini va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv – metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida 2017 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb –hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
187 –son Qarori chiqarilganligini, mazkur qaror bilan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 1 – ilovaga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 3 – ilovaga va umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv – metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5 – ilovaga muvofiq tasdiqlanganligini gapirib o‘tdi.
SHundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilarining e’tibori uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187 – son Qarorini o‘qib eshittirdi.
xuquqiy ong va madaniyatini shakllantirish xamda ularni qonunlarga itoatkorlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish maqsadida maktabda huquq fani o‘qituvchisi M.Masharipova rahbarligida “Xuquqiy savodxonlik burchagi” tashkil etildi. Sentyabr oyi soni uchun O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun moddalaridan namunalar joylashtirildi. Tarix fani o‘qituvchisi N.YUldasheva va huquq fani o‘qituvchisi M.Masharipova tomonidan maktabning 7-8 -9-10-11- sinf o‘quvchilariga mazkur qonun mazmuni yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bu jarayon sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarga etkazish misolida davom ettirilmoqda. Keyingi oylarda reja asosida o‘quvchilarning xuquq va majburiyatlari xaqidagi turkum maqolalarni, 11 yillik majburiy ta’lim, ”Voyaga etmaganlar nazoratsizligi va xuquqbuzarliklarining profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun moxiyatini ochib berishga qaratilgan ma’lumotlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Har bir sinf rahbari “O‘quvchilarning odob- axloq qoidalari” bilan uz sinfidagi barcha o‘kuvchilarni tanishtirgan. SHuningdek, o‘quvchilarning maktabga belgilangan o‘quvchi kiyimida, ortiqcha buyumlarsiz, faqat dars jadvaliga ko‘ra darsliklar va daftarlari bilan kelishlarini, maktabda mobil telefoni va internetdan foydalanish tartibiga rioya qilishlarini muntazam nazorat qilish maktabda hafta davomida navbatchilik qiladigan sinf rahbari va yoshlar etakchisi G. Bekchanova tomonidan amalga oshirilishi xamda MMIBDO‘ B.Xasanova nazoratida bo‘lishi yo‘lga qo‘yilgan. Maktabda barchaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari”ga qat’iy rioya etishlarini nazorat qilish va ta’minlash sinf rahbarlari uslubiy birlashma raisi A.Ollozarova zimmasiga yuklatilgan. ”Eng faol o‘quvchi”va “Eng faol sinf”nominatsiyasi g‘oliblarini muntazam e’lon qilib borish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish oyma - oy boshlang‘ich sinflar va yuqori sinflarda alohida yakunlar bo‘yicha sarhisob qilib boriladi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish,
Dostları ilə paylaş: |