Maktab direktori: N.Bobojonova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI №3
2023 yil 10 aprel Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: A.Saidova, maktab direktori
Qatnashdi: Urganch shaxar xokimi o‘rinbosari, xotin qizlar qumitasi raisi M.Omonboeva, Bolalar va oilalarni qullab-quvvatlash jamg‘armasi direktori K.Sobirova, Maktab direktori A.Saidova, 34-son maxalla maslaxatchisi O‘.Xolmuradova, MMIBDO‘ N.Sapaeva , ota-onalar, Sinf raxbarlar, o‘qituvchilar, 108 nafar maktab o‘quvchilari
Kun tartibi:
1. Ota-onalarni voyaga etmagan farzand tarbiyasidagi ma’suliyatini oshirish,
2. Maktab o‘quvchilarini faqat kiruvchi va chiquvchi qung‘iroq qilish funksiyasiga ega bo‘lgan uyali telefondan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar bilan tanishtirish
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori A.Saidova suzga chiqib, O‘zbekistonning mustaqil bulgandan keyingi yillarda erishgan yutuqlari xaqida to‘xtalib bugungi tinchlik zamonamizning qadriga etib yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan keng foydalanish lozimigini aytib yig‘ilishni ochib berdi.
SHundan sung Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Odomova so‘zga chiqib, voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir bulayotgan xuqubuzarliklarning sabablaridan biri kupchilik ota-onalarning chet davlatlarga chiqib ketayotganligi oqibatida voyaga etmagn yoshlar nazoratsiz qolayotganligi, ayniqsa internet orqali kirib kelayotgan axloqsizlik,”Ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri xaqida tuxtalib o‘tdi.
SHuningdek Urganch shaxar xokimligi xuzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasining ma’sul kotibi A.Karimov o‘z nutqida xozirgi globollashuv jarayonida xaqiqatdan xam o‘quvchilarni turli ma’naviy taxdidlar va infarmatsion xurujlardan ximoya qilish lozimligini, shu sababli ular bilan ma’naviyatini yuksalishiga va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar kuproq o‘tkazilashi xamda turli yot g‘oyalardan asrash lozimligini bildirdi.
Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatgina o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan munosib himoya qilish imkon berishini aytib o‘tdi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
Xuquk fani darslarida voyaga etmaganlarning xuquqlari, majburiy ta’limning afzalliklari kengroq tushintirilsin.
YOshlarni yukmak ma’naviy va jismoniy salohiyatli qilib tarbiyalash maqsadida, ma’naviyat, MIG‘, Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari tugarak mashg‘ulotlari davomida qo‘shimcha hayotiy misollar orqali ma’lumotlar etkazib borilsin.
Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |