Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə35/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
67-ta bayon lotin

Maktab direktori: A.Saidova


Urganch shahar 31-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi
BAYONNOMASI
2021 yil 29-mart Urganch shahri


Raislik qiluvchi: Maktabning MMIBDO‘ B.Xasanova


Qatnashdilar: ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Xasanova, 21-son maxalla raisi A.Xudayberganov,maktab etakchisi G.Bekchanova, sinf rahbarlar, 21-son maxalla maslaxatchilari, 3-son oilaviy poliklinika shifokori N.Abdullaeva va ota-onalar
Kun tartibi:
O‘quvchilar o‘rtasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta nikox, erta tug‘ruq xolatlarini oldini olish xamda, “Oila, Maxalla, Ta’lim muassasasi” konsepsiyasini kuchaytirish yuzasidan;
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Xasanova so‘zga chiqib, o‘quvchilar o‘rtasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta nikox, erta tug‘ruq xolatlarini oldini olish uchun avvalo ota-onalar farzand tarbiyasi uchun ma’sul ekanligini, ayniqsa o‘tish davrida ota-ona farzandiga do‘st bo‘lib uning ichki dunyosidagi o‘zgarishlarni sezishi va to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi kerakligini aytib, o‘quvchilar ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelmasligi, missionerlik va prozelitizm g‘oyalari ta’siri ostiga tushib qolmasliklari, shuningdek bu illatlarni tub mohiyati va asl maqsadlarini yoshlarga kengroq tushuntirish lozimligini va o‘quvchilar qalbiga milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “YUksak ma’naviyat engilmas kuch”, “O‘zbekiston xx asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarini o‘quvchilar qalbiga singdirish lozimligini ta’kidladi.
SHundan so‘ng 3-son oilaviy poliklinika shifokori N.Abdullaeva so‘zga chiqib, o‘quvchilarni tarbiyasiga, sog‘liqiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri mobil telefon ekanligi, ta’lim muassasasida mobil telefondan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan tanishtirdi va o‘quvchilar o‘rtasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta nikox, erta tug‘ruq xolatlarini kelib chiqishiga aynan mobil telefon, internet saytlaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotganligi to‘g‘risida ota-onalarni ogoxlantirdi va yanada ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi.
21-son maxalla maslaxatchisi B.Kuchkorova o‘z so‘zida o‘n bir yillik ta’limning majburiyligi va afzalliklari to‘g‘risida to‘xtalib, kelajakda biron bir kasb-xunar egasi bo‘lishi uchun xamma sharoitlar yaratilayotganligini, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabda fan, sport, gulchilik, tikuvchilik to‘garaklari muntazam faoliyat olib borayotganligini aytdi.
SHundan so‘ng o‘quvchilarning ota-onalari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va muloxazalarini bildirib, ota-onalar, o‘qituvchilar bilan tez-tez suxbatlar,uchrashuvlar o‘tkazilib tursa kutilgan natijalarga ya’ni farzandlarimiz kelajakda vatan ravnaqiga xissa qo‘shadigan buyuk allomalarimizga munosib avlod bulib voyaga etishlarini aytib o‘tdi.
YUqoridagi masala yuzasidan maktab yig‘ilishi


QAROR QILADI

1. Ota-onalar ma’suliyatini oshirish maqsadida ma’suliyatsiz ota-onalar bilan ishlash uchun ishchi gurux tuzish:


2. “Oila, Maxalla, Ta’lim muassasasi” faoliyatini kuchaytirilsin va samaradorligi oshirilsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ B.Xasanova zimmasiga yuklatilsin.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin