Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2018 yil 29yanvar Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N.Bobojonova, maktab direktori
Qatnashdi: Maktab direktori N Bobojonova MMIBDO‘ B.Xasanova, BT etakchisi B.Matchanov, Xuquq fani o‘qituvchisiG.Bekchanova,Ona-tili fani o‘qituvchisi N.Maxmudova, o‘qituvchilar, o‘quvchilar,
Kun tartibi:
1.“O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Karimov Islom Abdug‘anievich tavallud topgan kun 30 yanvar sanasini nishonlash” maqsadida o‘tkazilgan xotira tadbiri yuzasidan
Eshitildi: Kun tartibidagi masalasi yuzasidan maktab direktori N.Bobojonova suzga chikib, Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, istiqlol me’mori Islom Abdug‘anievich Karimov zamonamizning ulug‘ siyosatchisi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qo‘shgan shaxs sifatida xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida mangu saqlanib qoladi. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, vaqt va hayotning o‘zi Islom Karimovning uzoqni ko‘radigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o‘ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg‘usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanini har tomonlama tasdiqlagani, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimov agar hayot bo‘lganida shu yilning 30 yanvarida 80 yoshga kirgan bo‘lishini, uning vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, ushbu sanani ulug‘ xalqimiz bayrami sifatida nishonlash, shubhasiz, Islom Karimovning ruhini shod etishi, Quyidagi materiallar mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning faoliyati, boy siyosiy merosining ba’zi qirralari haqida ma’lumot berishi xaqida gapirib, o‘quvchilarga Islom Karimov tavalludining 79 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida sur’atga olingan Islom Karimovga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidentiga bag‘ishlangan hujjatli filmda Islom Karimovni yaqindan bilgan, bolalik yillarida bir maktabda o‘qigan, turli davrlarda u bilan yonma-yon bo‘lgan kishilar O‘zbekiston Birinchi prezidenti haqida o‘z xotiralari bilan baham ko‘rishgan. Undan tashqari mualliflar Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqillikka erishishi, mamlakatda tinchlikni saqlab qolishi va eng og‘ir yillarda respublikani yagona to‘g‘ri yo‘ldan boshlab borishda tutgan ulkan roli haqida ham aytib o‘tilgan. Islom Karimov 1938 yil Samarqandda oddiy oilalardan birida tug‘iladi. O‘sha vaqtlar uning ismini — Islom deb qo‘yilishining o‘zi ulkan jasorat bo‘lgan. Samarqand arxivi xodimi Marina Kukoyansning so‘zlariga qaraganda o‘sha yili Samarqandda tug‘ilgan 1694 nafar o‘g‘il boladan faqat bittasining ismi Islom bo‘lgani, Islomning bolaligi urush yillariga to‘g‘ri keldi, o‘smirligi esa urushdan keyingi og‘ir yillarda o‘tdi. U bolaligidan mehnat va bir burda nonning qadr qimmatini yaxshi bilardi. Usha yillarda hayot haqiqatdan ham og‘ir edi, lekin odamlar zamonning zahridan to‘ysa ham bir biriga mehrni ayamas edi. “O‘quvchi Islomda yorqin xotira, betakror qobiliyat va muhimi qiyinchiliklar oldida cho‘chimaslik xarakteri bor edi unda. Eng asosiysi – bolaligidanoq o‘ziga ishonar edi”, — deb eslaydi Islom Karimovning sinfdoshi SHamsiddin SHaropov. Maktabdan keyin Toshkent Politexnika institutida o‘qidi. Keyin esa Toshket Aviatsiya zavodiga ishga kirdi. Zavodda ishlab turib Xalq xo‘jaligi institutining Iqtisod fakultetini ham yakunlaydi. Islom Karimovning yorqin iboralari “Agar biror ish bugun qilinishi kerak bo‘lsa – u ertaga qoldirmas edi. Kechasi bilan qolib bo‘lsa ham ishlab, ertalab tayyor chizmalarni topshirar edi, — deb eslaydi Mixail Kaznov sobiq Toshkent Aviatsiya zavodi konstruktor byurosi rahbari. Islom Karimov o‘zini ishga to‘liq safarbar etar va atrofdagilarga biror yangilik qidirayotganga o‘xshar edi. Aviazavodda usta yordamchisidan etakchi injenergacha vazifasi bosib o‘tdi. A’lo darajada texnik va iqtisodiy ta’lim olgan Islom Karimov tez orada rahbariyat e’tiborga tusha boshladi. Uning yorqin analitik aqli, iqtisodiy bilimi, hamma narsani mantiqqa bo‘y sundira olish mahorati boshqalarga sezilar edi. 1966 yildan u Respublika Davlat planida ishlay boshladi. "Davlat planida ishlab yurgan vaqtida Islom Karimov Respublika iqtisodini chuqur o‘rganib uni rivojlantirish taklifini Markaziy qo‘mita bir necha bor qayta qayta kiritdi. O‘sha vaqtlar O‘zbekiston birinchi sekretari yordamchisi bo‘lgan Anishevga bunday takliflar yoqmas edi", — deb eslaydi Madamin Hasanov, sobiq O‘zSSR Savdo vaziri. Islom Karimov o‘z fikrini qat’iy himoya qilgan. Markaz manfaatlarini himoya qilgan Anishev rahbariyatga Karimovning Toshkentda qolishi maqsadga ma’qul emasligini va uni viloyatga jo‘natish keraklik taklifini kiritdi. SHundan so‘ng respublikada eng qoloq bo‘lgan Qashqadaryo viloyati birinchi sekretari lavozimini o‘tkazildi. O‘sha vaqtlar Qashqadaryo viloyati uchun og‘ir yillar edi. Viloyat bir necha yildan beri pata planini bajara olmayogan vaqtlar edi. Karimov Qashqadaryo birinchi sekretari bo‘lganidan keyin, u o‘z atrofiga eng yaxshi mutaxassislarni yig‘adi. Ularning maslahati bilan xo‘jalk ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, viloyatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi. Markaz tomonidan yuborilgan Gdlyan va Ivanov nomli tergovchilar tomonidan qamoqqa olingan bir necha aybsiz rahbarlarni oqlab, qamoqdan chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Prezident bo‘lganidan keyin ham Islom Karimov Qashqadaryoliklarga juda iliq munosabatda bo‘lgan. “Qashqadaryolikni qaerda ko‘rsam darrov taniyman”, deb aytardi 1989 yillarda butun Ittifoq va O‘zbekiston ham og‘ir ahvolda edi. Iqtisodiy va ijtimoiy muammolar juda ko‘p edi. Ustiga ustak, 1989 yilning iyun oyida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklar orasida qonli to‘qnashuvlar boshlandi. Islom Karimov, zudlik bilan ushbu to‘fonni bartaraf etish choralarini qo‘lladi. U falokat yuz bergan joyning markaziga kirib boradi va uning oldini oladi va shundan keyin adolatni qaror topishi va o‘zbek xalqining nomini oqlashga harakat qiladi. “Islom Karimov Sovet Ittifoqi davridayoq adolatsizlikka qarshi tura olgan inson edi. U dono rahbar sifatida oyoqqa turdi, jasorat ko‘rsatdi va uning jasorati oldida hamma chekindi”, — deb eslaydi Ozarbayjon sobiq prezidenti Geydar Aliev. 1991 yilning 1 sentyabrida, orziqib kutilgan mustaqillik e’lon qilindi. Islom Karimovning O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat bayrog‘i ishlab chiqarishda shaxsan o‘zi qatnashdi. Islom Karimov va Abdulla Oripov, arxiv surat iz arxiva jurnalista Fozila Djabbarova Islom Karimov, Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlar haqida xotira kitobi chiqariladi Bundan ko‘p o‘tmay, 1991 yilning dekabrida Namanganda Tohir Yo‘ldoshga ko‘r-ko‘rona ergashganlar O‘zbekiston mustaqilligiga tosh otdi. Ular O‘zbekistonni islom davlati deb e’lon qilishni talab qilib namoyishga 10 mingdan ortiq odam to‘plangan edi. Islom Karimov to‘g‘ridan-to‘g‘i voqea joyiga borib namoyishga chiqqanlarga murojaat qiladi va ularning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Prezident uning bir o‘zi ushbu talablarni amalga oshira olmasligini va buning uchun hukumat a’zolarning, kengashning ruxsati kerak bo‘lishini xotirjamlik bilan namoyishchilar rahbarlariga tushuntiradi. Voqeadan bir necha yil o‘tib, Islom Karimov “Bizlarni xudoning o‘zi asragan edi o‘shanda va hozirgacha Ilohiy kuch balo qazolarni chetga surib bizga baxtimizni berayapti”, — degan edi. Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston prezidenti sifatida ilk tashriflaridan birini Saudiya Arabistoniga uyushtirgan edi. O‘shanda Islom Karimovga katta lutf va izzat-hurmat ko‘rsatilib, uni Ka’baning ichki qismiga taklif qilishganda Islom Karimov 2 rakat namoz o‘qib, “YUrtimni tinchi qil, elimning farovonligini ber”, deb ollohdan so‘ragan edi, — deb eslaydi Usmonxon Alimov Imom Al-Buxoriy masjidi imomi. Islom Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratishda ham shaxsan o‘zi ishtirok etgan edi. Prezident salkam 5 soat davomida matn ustida ishlab, har bir sahifada shaxs tarbiyasiga, ommaviy ong shakllanishiga va mammalkat fuqarosi ongi shakllanishiga alohida-alohida urg‘u berish haqidagi taklifini kiritgan edi. U xalqning eng haqqoniy va ob’ektiv tarixini qayta tikladi. Mustaqillik yillarida Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Manguberdi kabi ko‘plab allomalarning xotirasi uchun haykallar qurilganligi, ko‘plab shaharlar tarixi uzoq ming yillarga borib taqalishi, ularning yubiley sanalari keng mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayotganligi xaqida fil’mda batafsil ma’lumotlar berilgan.
Film namoyishidan so‘ng o‘quvchilar G.Jasurbekova, G.Quchqarovalar Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, istiqlol me’mori Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlab yozilgan she’rlaridan o‘qib berdilar. uningdek maktabning 9-B sinf ukuvchisi B.Komilova birinchi prezidentimiz I.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu ikboli va buyuk kelajagi yulida xizmat kilish eng oliy saodatdir” nomli kitobida keltirilgan “Men yoshlarimizga, mening bolalarimga karata, urganishdan xech kachon charchamanglar, urganish, intilish xech kachon ayb sanalmaydi, urganish, urganish va yana urganish kerak, kasb urgangan, ilm urgangan kishi xech kimdan kam bulmaydi.” murojati xar bir ukuvchida “Prezident farzandiman” degan iftixor tuygusini oshirib, birinchi prezidentimiz orzu qilganidek belni maxkam boglab, mustakil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb xunarni puxta egallagan xar tomonlama soglom avlod bulib voyaga etib Uzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevga qo‘sh qanot bulib kelajakda O‘zbekiston buyuk davlat bulishi uchun uz xissalarini kushishini bildirdilar.