QAROR QILADI
1. Vatan kelajagi sening kulingda shiori ostida rasmlar tanlovi utkazilsin.
2. SHaxarda zamonaviy binolar, muzeylarga ukuvchilar sayoxati tashkil kilinsin.
3. Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: A.Saidova
Urganch shahar 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI №
1.11.2016 yil Urganch shahri
Qatnashdi: maktab rahbariyati,
98 nafar o‘quvchi
KUN TARTIBI:
“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi yakunlari to‘g‘risida.
Eshitildi: Yig‘ilishni maktab o‘quv-tarbiya ishlari direktor o‘rinbosari S. Ro‘zmetova ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilgan ishlar natijalari to‘g‘risida hamda “Konstitutsiya –baxtimiz poydevori” respublika ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 2-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktantlar tanlovi, 5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy bayon, 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi natijalari bilan tanishtirdi. Ko‘rik-tanlovning maktab bosqichida faol ishtirok qilib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy bayonlar tanlovida 1-o‘rinni egallagan Rahmanova Kamola
8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘olibi 9-“A” sinf o‘quvchisi Saidnazarova Dono
8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi g‘olibi Aminova Nilufar
5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi g‘olibi 7-“B” sinf o‘quvchisi Xo‘janiyozova Oynura g‘olib deb topildi. Yig‘ilish yakunida qaror qabul qilindi.
QAROR:
“Konstitutsiya –baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi g‘oliblari tanlovning shahar bosqichiga tavsiya qilinsin.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash va nazorat qilish O‘TIDO‘ M.Nurjanova zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori : A.Saidova
Dostları ilə paylaş: |