Maktab direktori: N.Bobojonova
Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2019 yil 05 may Urganch shahri
Yig‘ilish raisi: N.Bobojonova, maktab direktori
Qatnashdi: Maktab direktori N Bobojonova MMIBDO‘ B.Xasanova, YOshlar ittifoki etakchisi G.Bekchanova, profilaktika inspektori O.Atajonov, maktab psixologlari M.Karimov, G.YUldasheva , o‘qituvchilar, o‘quvchilar,
Kun tartibi:
1.Gaz, energetika, suv jo‘jaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga e’tibor qaratish bo‘yicha davra suhbati.
Eshitildi:
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilishda profilaktika inspektori O.Atajonov so‘zga chiqib, gaz, energetika, suv jo‘jaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratish, ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini o‘t o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash hamda o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini,yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalari (gidrantlar, rezervuarlar, suv xavzalari, ichki o‘chirish kranlari)ni soz holatga keltirish chorlarini ko‘rish to‘g‘risida aytib o‘tdilar. O‘t o‘chirish jihozlaridan xo‘jalik ishlarida foydalanishni qat’iyan taqiqlash.
yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni o‘tkazish va ob’ektlarni yong‘in xavfsizligi talablariga roiya qilinish masalalari, ta’lim muassasalaridagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish, joylardagi Davlat yong‘in nazorati organlarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘quv muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishining har bir holati bo‘yicha puxta tekshiruvlar o‘tkazib bo‘yicha tushuntirib o‘tdilar.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
O‘quvchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligiga qarshi tushuntirish ishdarini olib borish;
Qaror ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |